Breaking News

Amerikalik rahbar “TikTok”ni Xitoy hukumati aralashuvidan himoya qila oladimi?


“Disney” kompaniyasida rahbarlik lavozimida ishlagan Kevin Mayer yaqinda Xitoyning “TikTok” ijtimoiy sahifasini boshqarishga kirishdi. AQShdagi ayrim siyosatchilar “TikTok”ni foydalanuvchilar shaxsiy ma’lumotlari va Amerika milliy xavfsizligiga tahdid deb biladi.

Xalqaro hayot – 7-iyul, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:41 0:00

Xitoy hukumati sahifaning amerikalik foydalanuvchilari ma’lumotlarini o’g’irlashidan xavotirga tushgan qonunchilar yil boshida barcha federal xizmatchilarga ish moslamalarida “TikTok”dan foydalanishni taqiqlovchi qonun loyihasini taklif etdi.

“Xitoyga qarashli ilovalarni yuklash yoki ishlatishning o’zi katta xavf. Xitoy xavfsizlik haqidagi qonunni ishga solib, kompaniyalardan ma’lumot talab qilishi mumkin”, - deydi “Yangi Amerika xavfsizligi markazi” tahlilchisi Aynikki Riikonen.

“TikTok” xususiy ma’lumotlar daxlsizligiga jiddiy yondashishini bildirib, ilovaning foydalanuvchilar uchun xavfsiz bo’lishini ta’minlashga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Kompaniyaga rahbar etib tayinlangan 58 yashar Kevin Mayer amerikalik bo’lsa-da, “TikTok” ilovasiga egalik qiluvchi “ByteDance” shirkatining xitoylik rahbarlariga bo’ysunadi, deydi tanqidchilar.

“Ikkisidan biri bo’lishi mumkin. Mayer qo’g’irchoqqa aylanib, “ByteDance” siyosatiga ergashishi yoki “Disney”da yuqori lavozimda ishlagani uchun “TikTok”ni yanada rivojlantirish uchun “ByteDance” unga quloq solib, Mayer taklif etgan strategiyani qabul qilishi mumkin”, - deydi “Kelajakni innovatsiyalashtirish markazi”dan Abishur Prakash.

AQSh va Xitoy munosabatlari savdo va koronavirus pandemiyasi masalalari bois taranglashib borarkan, AQSh nazoratchilari Xitoyga qarashli texnologik kompaniyalarni sinchkovlik bilan kuzatmoqda.

Shu sabab, deydi Prakash, Xitoy kompaniyasiga AQSh fuqarosining rahbar bo’lishi unchalik ahamiyatga ega bo’lmasligi mumkin.

“Oldin bu ish bergan bo’lardi. Ammo hozir koronavirusni deb, ikki davlat munosabatlari keskin o’zgargan. Hozir geosiyosat texnologiyani emas, texnologiyalar geosiyosatni boshqarmoqda. Shu sabab, Xitoyga qarashli texnologik kompaniyalar AQSh nazoratida bo’ladi”, - deydi mutaxassis.

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeoning aytishicha, "TikTok" AQShda man qilinishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG