Breaking News

Tillerson Xitoyda Shimoliy Koreya masalasini muhokama qiladi


Xalqaro hayot - 29-sentabr, 2017-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:52 0:00

AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson Xitoyga ikkinchi bor yo'l oldi. Asosiy maqsad Shimoliy Koreyaga bosimni yanada kuchaytirish.

Vashington va Pxenyan o'rtasidagi so'z olishuvi Koreya yarimorolidagi munozarani tinch yo'l bilan hal qilish umidini tobora yo'qqa chiqarib bormoqda.

Ammo asosiy umid hanuz diplomatiyadan. Reks Tillerson yadro quroli dasturini kengaytirish yo'lidan borayotgan Shimoliy Koreyaning yo'lini to'sishda Xitoy bilan hamkorlik qilishga ko'z tikkan. Shuningdek, u noyabr oyida Prezident Donald Trampning Xitoyga bo'ladigan birinchi tashrifiga tayyorgarlik ko'rish masalasini ham muhokama qiladi.

"Prezident Trampning muhim tashrifiga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Shuning uchun tashrif maqsadlari haqida gaplashamiz. Boshqa bir qator muhim masalalar bo'yicha ham muloqotimizni davom ettiramiz. Shubhasiz, Shimoliy Koreya muzokara stolida bo'ladi", - dedi Tillerson.

Xitoy Shimoliy Koreyaning eng katta savdo hamkori. Vashingtonga ko'ra, Pekinning yordami bilan Pxenyanni mablag'dan ayirish mumkin.

"Biz Xitoyda va boshqa davlatlarda turli tashkilotlarga sanksiyalar qo'llaganmiz. Bularning barchasi Shimoliy Koreya savdosini, tashkilotlarini va noqonuniy ishlarini nishonga oladi. Ularning pul o'tkazish va ayriboshlash ishlariga putur yetyapti. Mablag' olish imkoniyatlari qisqargan, tuzumga ham bosim oshdi", - deydi Davlat kotibi yordamchilaridan biri Syuzen Tornton.

Reygan va Bush ma'muriyatlarida ishlagan Duglas Palning aytishicha, Xitoyning Shimoliy Koreyaga ta'siri cheklangan.

"Shimol Xitoydan ko'rsatma olishga o'rganmagan. Xitoy bergan narsalardan foydalanishga harakat qiladi, lekin Xitoydan siyosiy yo'l-yo'riq berilishini istamaydi. Bu biz uchun muammo. AQSh va Janubiy Koreya Shimoliy Koreyani o'zlari hal qilishlari kerak bo'ladi", - deydi u.

Janubiy Koreya Tashqi ishlar vaziri Kan Kun-Vaga ko'ra, vaqt oz qolgan, ammo hanuz diplomatiyadan umid bor.

Tillersondan avval Xitoyga AQSh Savdo vaziri Vilbur Ros ham kelgan edi. U Xitoydan Amerika kompaniyalariga adolatli munosabatda bo'lishni so'ragan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG