Breaking News

Tillerson Fors ko’rfazi davlatlarining Qatar bilan aloqalarini yaxshilamoqchi


Tillerson Doxada, 11-iyul, 2017-yil
Tillerson Doxada, 11-iyul, 2017-yil

AQSh davlat kotibi to’rt kunlik safar bilan Yaqin Sharqda. Reks Tillerson Fors ko’rfazidagi davlatlarning Qatar bilan aloqalarini yaxshilamoqchi.

Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn, Misr va yana bir necha mamlakat Qatarni ekstremistik guruhlarni qo’llab-quvvatlayotganlikda ayblab, munosabatlarni to’xtatgan, barcha turdagi qatnov muzlatilgan.

Tillerson dushanba kuni Quvaytga borib, bu davlat rahbari Shayx Sabah al Ahmad al Sabah bilan ko’rishdi. Quvayt vositachi rolini bajarmoqda. Shundan so'ng Tillerson Qatarda bo'lib, Tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad al-Taniy bilan terrorga qarshi kurash bobida anglashuv memorandumini imzoladi.

Davlat kotibiga ko'ra, hujjatda ikki davlatning dunyo bo'ylab terror moliya tarmog'ini ishdan chiqarishga, terrorga qarshi harakat qilishga qaratilgan hamkorligi, choralar aks etgan.

Tillerson chorshanba kuni Saudiya Arabistonida bo'ladi.

Qatarga boykot e’lon qilgan mamlakatlar aloqalarni tiklash uchun 13 talab bajarilishi kerakligini aytmoqda. Jumladan, Eron bilan munosabatlarni susaytirish, al-Jazira axborot tarmog’ini yopish talab qilinmoqda.

Qatar ekstremistik guruhlarga aloqasi borligini inkor etarkan, hech bir talabni bajarmoqchi emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG