Breaking News

Ukraina sudi Timoshenko apellyatsiyasini qondirmadi


Yuliya Timoshenkoning tarafdorlari Kiyevda Oliy sud binosi yonida namoyish qilmoqda. 29-avgust, 2012-yil.
Yuliya Timoshenkoning tarafdorlari Kiyevda Oliy sud binosi yonida namoyish qilmoqda. 29-avgust, 2012-yil.
Ukraina Oliy sudi sobiq bosh vazira Yuliya Timoshenkoning lavozimini suiiste’mol qilganlik haqidagi ayblovlarga qarshi apellyatsiyasini qondirmadi.

Timoshenko ayni damda 2009-yildagi gaz ishi uchun yetti yillik qamoq jazosini o’tamoqda.

Bosh vazira, shuningdek, soliqdan bo’yin tovlash va qalloblikka doir yangi ayblovlar yuzasidan ham sudda javob berishi kerak bo’ladi. Sog’lig’i yomonlashgani bois mahkama qoldirilib kelayotgan edi. 11-sentabr kuni Timoshenkoga yangi ayblovlar qo’yilishi kutilmoqda.

Arbob tarafdorlari apellyatsiya qondirilmaganiga norozilik bildirib, sud zalida sudyalarga qarata "sharmanda" deya hayqirgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG