Breaking News

Atom xurujidan 67 yil o'tib, Trumanning nabirasi Yaponiyada


Hirosima, 4-avgust, 2012
Hirosima, 4-avgust, 2012
1945-yilda Yaponiyaga qarshi atom bombasi ishlatishga buyruq bergan AQSh prezidenti Garri Trumanning nabirasi bugun Hirosimani ziyorat qildi.

Yadroviy qurollarga qarshi targ’iboti bilan Klifton Truman Daniel Yaponiyaga tinchlikparvar tashkilot tomonidan taklif qilingan.

Avval Hirosima, uch kuni o’tib Nagasaki shaharlari kulini ko’kka sovurgan bombalar 200 mingdan ziyod odamni hayotdan olib ketgan va yana minglab insonlar radiatsiya oqibatida kasallangan va o’lgan.

“Insoniyat, hech bir davlat bunday qabih xatoga aslo yo’l qo’ymasligi kerak”,- dedi Klifton Truman Daniel, marhumlar xotirasi uchun sukut saqlagach.

Hirosima va Nagasaki Ikkinchi Jahon Urushi qanchalik qonli yakunlaganini har damda eslatib turuvchi tirik obidalar.

Kelasi bir hafta ichida bu shaharlarda minglab mehmonlar kutilmoqda. Xotira marosimlari rejalangan.

O'tgan yilgi zilziladan keyin mamlakat yadroviy inshootlari xavfsizligi birinchi o'rindagi masalaga aylangan. Hukumat xavotirga o'rin yo'q deydi, lekin aholi radiatsiya ta'siridan azob chekayotgani ham sir emas.

XS
SM
MD
LG