AQSh Prezidenti Donald Tramp koronavirus bilan kasallanishi ketidan prezidentlikka da’vogarlar o’rtasidagi teledebatlarni tashkil qiluvchi komissiya 15-oktabrga rejalangan ikkinchi debatni virtual shaklda o’tkazishga qaror qildi. Biroq Tramp bunga e'tiroz bildirdi. Undan ko’ra, dedi prezident, saylovchilar bilan uchrashganim yaxshi.
“Vaqtimni virtual debatga sarflamayman. Munozaradan maqsad kompyuter ekrani qarshisida o’tirib tortishish emas. Bu - ahmoqlik”, - dedi Tramp.
Prezident ikkinchi va uchinchi debat kunlarini bir haftaga kechiktirishni taklif etdi. Biroq uning saylovdagi raqibi, demokrat Jo Bayden saylov shtabi bunga ko’nmadi. Bayden so’nggi debat 22-oktabrgacha o’tkazilsin, demoqda va agar Tramp virtual debatdan bosh tortsa, 15-oktabr kuni saylovchilar savollariga javob berishini bildirdi.
Facebook Forum