Breaking News

Tramp aholini ro’yxatga olishda fuqarolikni aniqlash rejasidan voz kechdi


Tramp ma’muriyati 2020-yilga belgilangan aholini ro’yxatga olish jarayonida fuqarolik haqidagi savolni anketaga qo’shish rejasidan voz kechganini ma’lum qildi.

AQShning Aholini ro’yxatga olish byurosi 100 milliondan ziyod xonadonlarga yuboriladigan anketalarni bosishga hozirlanmoqda.

Jarayon 10 yilda bir marta amalga oshiriladi. Adliya vazirligi fuqarolik haqidagi savol ozchilikdagi saylovchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar ijrosi qanday kechayotganini tekshirish uchun muhim ekanini aytgan, biroq Oliy suddagi to’qqiz nafar sudyadan beshtasi Oq uyning bu talabini qondirmaslikka ovoz berdi.

Tramp talabiga qarshilar nazarida, fuqarolik haqidagi savol noqonuniy muhojirlarning so’rovda ishtirok etishdan bosh tortishiga va buning natijasida aholining soni to’g’ri aks etmasligiga sabab bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, bu boradagi munozaralar aholini ro’yxatga olishni kechiktirgan bo’lardi, bu esa federal qonunga xilof.

AQShdagi bu jarayon shunisi bilan muhimki, uning natijasi har bir shtatdan Kongress Vakillar palatasiga nechta vakil saylanishini hamda federal byudjetdan pul qanday taqsimlanishini belgilab beradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG