Breaking News

Tramp aholining fuqarolik maqomini davlat idoralari orqali aniqlamoqchi


2020-yilda aholini ro’yxatga olish anketasiga fuqarolik haqidagi savolni kiritish harakatlaridan voz kechgan Prezident Donald Tramp buni aniqlash uchun boshqa federal agentliklarni ishga solmoqchi. Tramp nazarida, demokrat qonunchilar va prezidentga xayrixoh bo’lmagan sudlar aholiga mantiqiy savol bilan murojaat qilishga to’siq qo’ymoqda.

Tramp aholining fuqarolik maqomini davlat idoralari orqali aniqlamoqchi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:07 0:00

Tramp rejasiga qarshilarning aytishicha, fuqarolik haqidagi savol fuqaro bo’lmagan qonuniy yoki noqonuniy muhojirlarning ro’yxatga olish jarayonidan bo’yin tovlashiga va buning oqibatida Respublikachilar partiyasining Kongress Vakillar palatasida ko’proq o’rin egallashiga olib keladi.

Prezident Tramp barcha vazirliklar va davlat boshqarmalariga AQShda yashovchi odamlar maqomini aniqlab, olingan ma’lumotlarni ro’yxatga olishga mas’ul Savdo vazirligiga berishni buyuruvchi farmon imzoladi.

“Ushbu farmon yordamida 2020-yilgi aholini ro’yxatga olish jarayonida AQShda fuqarolar, fuqaroligi yo’q odamlar va noqonuniy muhojirlar sonini aniq bilib olamiz”, - deydi Tramp.

Trampning aytishicha, shu tariqa to’plangan ma’lumot ro’yxatga olish paytida berilgan ma’lumotdan ancha aniqroq bo’ladi.

“Federal ma’lumotlar bazasi orqali AQSh fuqaroligiga ega bo’lmagan aholining to’liq va aniq sonini bilishga muvaffaq bo’lamiz. Ichki xavfsizlik vazirligi va Ijtimoiy xavfsizlik boshqarmasi tassarrufidagi ma’lumotlar ham hisobga olinadi. Ko’plab vazirlik va agentliklarda bu haqda yetarlicha ma’lumot bor. Hammasini birma-bir tekshirib chiqamiz”, - deydi u.

Trampning aytishicha, aholining fuqaroligini bilish turli sohalarda aniq siyosat ishlab chiqish uchun muhim – xoh sog’liqni saqlash, xoh ta’lim, xoh fuqarolik huquqlari, xoh immigratsiya bobida. Demokratlar bu ishni paysalga solyapti, deydi Tramp.

“Mamlakatimizdagi ultra so’l qanot demokratlar oramizdagi noqonuniy muhojirlar sonini yashirish niyatida qat’iy”, - deydi davlat rahbari.

Ba’zilar nazarida, Tramp ma’muriyati fuqarolik haqidagi ma’lumotdan davlat moliyaviy resurslarini muhojirlar ko’p yashovchi shaharlardan respublikachilarga xayrixoh hududlarga yo’naltirishda foydalanishi mumkin. Aholishunos Uilyam Freyning aytishicha, bunday ma’lumot saylov okruglari chegarasini Respublikachilar partiyasi foydasiga o’zgartirishda ishlatilishi mumkin.

“Saylov okruglarida yashovchi ovoz berish yoshiga yetmagan bolalar va AQSh fuqaroligiga ega bo’lmagan ozchilikdagi irq vakillari okrug aholisi sonidan ayirib tashlanib, natijada okruglar Respublikachilar partiyasiga ancha xayrixohroq bo’ladi, chunki bu partiya vakillariga ovoz berayotganlar asosan yoshi kattaroq, oqroq va ko’proq qishloqdandir”, - deydi Frey.

Freyning aytishicha, aholini ro’yxatga olish paytida to’plangan ma’lumot aholining umumiy soniga qarab har bir shtatda saylov okrugini belgilashda yordam beradi. Biroq agar buning uchun faqat fuqarolar hisobga olinsa va saylash huquqiga ega bo’lmagan odamlar hisobdan chiqarilsa, ozchilikdagi guruhlar saylov okruglarida kamroq qolib, respublikachilarga ovoz berishga moyil odamlar ko’proq bo’lishi kutilmoqda.

Tramp va Adliya vaziri Uilyam Barrning aytishicha, anketaga fuqarolik haqidagi savolni kiritish mutlaqo qonuniydir, biroq buni sudlar orqali isbotlash jarayoni ro’yxatga olishgacha yakunlanmasligi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG