AQSh Prezidenti Donald Trampning aytishicha, agar Xitoy rahbari shu oy Yaponiyada bo’ladigan Katta Yigirmalik sammiti paytida u bilan savdo haqida gaplashmasa, Xitoyning 325 milliard dollarlik eksport mahsulotlariga tariflar qo’yiladi.
Si Zinpinning Tramp bilan Osakada uchrashuvi haqida Pekin hozircha lom-mim degani yo’q.
“Si bilan uchrashishimiz kerak”, - dedi Tramp.
Sammit 28-29-iyun kunlari o’tkaziladi.
Agar Si men bilan uchrashuvga kelmasa, deydi Tramp, Xitoyning 200 milliard dollarlik tovarlariga qo’yilgan tariflardan tashqari qo’shimcha tariflar joriy etiladi.
Ikki davlat bir necha oydan beri yangi savdo kelishuviga erishishga harakat qilmoqda. Vashington Pekinni oldin kelishilgan shartlarni buzayotganlikda ayblaydi, Xitoy bu da’volarni inkor etmoqda.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi “savdo urushi tarafdori emasmiz, ammo undan qo’rqadigan joyimiz yo’q” deb bayonot berdi.
Facebook Forum