Breaking News

Tramp "Comfort" harbiy tibbiy kemasini Nyu-Yorkka kuzatdi


AQSh Harbiy-dengiz kuchlariga qarashli “Comfort” kemasi Virjiniyaning Norfolkdagi bazasidan Nyu-Yorkka yo’l oldi. Kasalxona bilan jihozlangan kemani Prezident Donald Tramp va mudofaa vaziri yo’lga kuzatishdi.

Prezident Tramp harbiy tibbiy kemani Nyu-Yorkka kuzatdi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:31 0:00

“Ortimdagi bu buyuk kema Nyu-York xalqiga 70 tonnalik umid va birdamlik yetkazadi”, - dedi Tramp.

Turli mamlakatlardagi tabiiy ofatlar paytida safarbar etiladigan kema 1200 nafar xizmatchisi bilan endi AQShning o’zida xizmat qiladi.

Nyu-Yorkda 59500 dan ziyod odam koronavirusga chalingan, 965 odamning o’lgani ma’lum. “Comfort” kemasi seshanba kundan boshlab koronavirusdan xoli odamlarni davolashga kirishib, virusi borlar uchun yotoqlar tashkillashtiradi.

“Kema xizmatchilari qiyin sharoitda ishini a’lo darajada bajaradigan ajoyib insonlardir”, - dedi Tramp.

“Comfort” bir paytlar yirik neft tankeri bo’lgan. Ayni paytda unda 12 ta jarrohlik xonasi, 1000 ta yotoq, vertolyot uchun qo’nish maydonchasi va dorixona bor.

Yana bir tibbiy kema “Mercy” katta bosim ostida qolgan mahalliy kasalxonalar ishini yengillashtirish uchun o’tgan hafta Los-Anjelesga bordi.

Shu hafta Prezident Tramp shtat gubernatorlariga Milliy Gvardiya va zaxira qo’shinlari xizmatchilarini safarbar etishga ruxsat berdi. Sanoatlashgan kompaniyalar esa koronavirusga qarshi kurashda zarur va yetishmayotgan tibbiy anjomlarni ishlab chiqarish uchun konversiya qilinmoqda.

Favqulodda vaziyatlarni jilovlash boshqarmasi salkam 12 millionta respiratorlar, 26 million dona jarrohlik maskalari, 5 milliondan ortiq yuzni himoya qiluvchi niqoblarni tarqatgan. Prezident Tramp “General Motors” avtomobilsozlik kompaniyasiga sun’iy nafas oldirish apparatlarini ishlab chiqarishni buyurdi.

“Bu juda ham mukammal va qimmat uskuna. Mashinadan ham qimmat va mukammal degan bo’lardim”, - dedi Tramp.

Prezident Tramp Nyu-York, Konnektikut va Nyu-Jersi shtatlarida karantin joriy etmoqchi edi, biroq shtat gubernatorlari bilan maslahatlashuvdan so’ng ushbu rejasidan voz kechdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG