Breaking News

Kongress Tramp ma'muriyatining koronavirusga qarshi siyosatini taftish qilmoqchi


AQShdagi ayrim qonunchilar Prezident Donald Trampning koronavirusga qarshi kurash choralarini elakdan o’tkazar ekan, davlat rahbari mamlakat bosh infeksionisti Entoni Fauchiga demokrat qonunchilar nazoratidagi Vakillar palatasida ko’rsatma berishni taqiqlab qo’ydi.

Xalqaro hayot – 7-may, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:54 0:00

“Oy oxirigacha AQShda koronavirusdan kamida 100 ming odam o’lgan bo’ladi”, - deydi Yuqumli kasalliklarning oldini olish markazi sobiq direktori Tom Friden.

Qonunchilar hukumatning pandemiyaga qarshi kurash siyosati yuzasidan savollar bermoqda.

“Mamlakatni qayta ochsak bo’ladimi? Biz bunga tayyormizmi? Yetarlicha testlarsiz iqtisodiyotni ochish mas’uliyatsizlik bo’lmaydimi?” - deya so’raydi demokrat kongressmen Roza Delaurio.

Mamlakat bo’ylab karantinga qarshi namoyishlar sog’liqni saqlash muhimmi yoki iqtisodiy inqirozning oldini olishmi degan savol yuzasidan keng qamrovli munozaralarga turtki bermoqda.

“COVID-19 kasalligiga qarshi kurash tugamagan bo’lsa-da, bizneslarni ochmaslik, ishchilarni uyda ushlab turish uzoq muddatda o’zini oqlamaydi. Iqtisodiyotni jonlantirish lozim, amerikaliklar ishga qaytishi kerak”, - deydi respublikachi kongressmen Tom Koul.

Sog’liqni saqlash sohasi mutaxassislari buning uchun zarur resurslar yetarli bo’lishi kerak, deydi.

“Ba’zi shtatlar iqtisodiyotni jonlantirishga qaror qilayotgan bir paytda diagnostik salohiyatimizni, kasallanganlar bilan aloqada bo’lganlarni aniqlash salohiyatimizni kuchaytirishga diqqat qaratishimiz kerak”, - deydi Vashingtondagi Jons Xopkins markazidan doktor Keytlin Rivers.

Biroq Kongressdagi demokrat qonunchilar nazarida, Tramp ma’muriyatida mamlakat bo’ylab testlarni yo’lga qo’yish strategiyasi yo’q, Oq uy tibbiy xizmatchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashni eplay olmadi.

Tramp o’zidan oldingi Prezident Barak Obamani resurslar tanqisligida aybladi.

“Oldingi ma’muriyat bizga hech narsa qoldirmadi. Sun’iy nafas oldirish apparatlari, tibbiy uskunalar, test tizimi yetib kelmadi bizga”, - dedi Tramp.

Kelasi hafta demokrat qonunchilar Oq uy ma’muriyatining koronavirusga qarshi siyosatini taftish qilishga kirishadi. Ilg’or ilmiy izlanishlar va kashfiyotlar bo’yicha biotibbiy agentlikning o‘tgan oy ishdan olingan rahbari Rik Brayt tinglovga chaqirtirilgan. U Prezident Trampning bezgakka qarshi dori koronavirusni ham davolaydi degan da’vosiga qarshi chiqqan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG