Breaking News

Trampning tashqi yordam bo’yicha siyosati qanday bo’ladi?


Thumbnail-TVPKG- T24 1212 Foreign Aid
Thumbnail-TVPKG- T24 1212 Foreign Aid

Donald Tramp Oq uyda ish boshlashi bilan tashqi siyosatga jiddiy e’tibor berishini, mojarolarni to’xtatishga bel bog’lashini bildirmoqda. Yangi ma’muriyat tashqi yordamga qancha pul ajratadi va bu pullarni nimaga sarflaydi? Qanday loyihalarga pul kesiladi?

Xalqaro hayot - 13-dekabr, 2024-yil - Bayden maslahatchilari mintaqada. G’azo va Suriya bo’yicha gaplashmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:32 0:00

Qo’shma Shtatlar dunyoda tashqi yordamga eng ko’p pul ajratuvchi mamlakatdir. 2022-moliya yilida shu maqsadda 70 milliard dollar ajratgan. Gumanitar yordam, iqtisodiy taraqqiyot, tinchlik va xavfsizlik uchun ajratiladigan tashqi yordam hajmi federal byudjetning bir foiziga teng.

2018-yilda birinchi prezidentlik muddati paytida Tramp BMT Bosh Assambleyasida qilgan ma’ruzasida bu haqda shunday degan:

“Nima ish berayotganini, nima esa ish bermayotganini o’rganamiz. Bizdan pul va himoya olayotgan mamlakatlar manfaatlarimizni hisobga olyaptimi? Bizni hurmat qiluvchi, bizga do’st bo’lganlargagina tashqi yordam ko’rsatamiz”, - degan edi Tramp.

U tashqi yordamning ma’lum qismini qisqartirganiga qaramay, Kongress Trampning bunga doir takliflariga qarshilik ko’rsatishga harakat qilgan.

“Tramp iqlim o’zgarishiga qarshi kurashga ajratilgan pulni jiddiy ravishda kesgan. Falastin uchun yordamni qisqartirgan. Ammo ko’p jihatdan AQShning tashqi yordamga doir siyosati o’zgarishsiz qolgan”, - deydi Jorj Meyson universiteti dotsenti Jeremi Meyer.

Birinchi prezidentlik muddati paytida Tramp oldingi respublikachi prezidentlar kabi abort haqida aholi ma’lumotini oshirishga va abort xizmatlarini ko’rsatishga pulni qisqartirgan va yana shunday qilishi kutilmoqda.

“Abort xizmatlarini ko’rsatuvchi klinikalar abort haqida aholi ma’lumotini oshirish uchun Bayden ma’muriyatidan yordam olish imkoniga ega. Trampning birinchi prezidentligi paytida abortni targ’ib qiluvchi nodavlat tashkilotlarga pul berilmagan”, - deydi Demokratiyalarni himoya qilish jamg’armasidan Bonni Glik.

Tramp davlat kotibi nomzodiga ilgari surayotgan Marko Rubio fevral oyida Kongressga “dunyoda bo’layotgan voqealar muhim va AQSh ularga e’tibor berishi kerak, ammo Trampning “Amerika birinchi” siyosati ustun bo’lishi kerak” deb aytgan edi.

“Har bir masalada biz butun aql-idrokni qoldan boy berdik yoki doimiy ravishda mehnatkash amerikaliklar ehtiyojlarini inkor etyapmiz, boshqalarni qayta va qayta o’zimizdan ustun qo’yapmiz”, - degan edi o’shanda Rubio.

Glikning aytishicha, yangi Tramp ma’muriyati soliq to’lovchilarning puli nimaga sarflanayotganini diqqat bilan o’rganib chiqadi.

“AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining 100 ta mamlakatdagi xalqaro dasturlari audit qilinadi deb o’ylayman”, - deydi tahlilchi.

Bundan maqsad, deydi u, soliq to’lovchilar pulini olayotgan mamlakatlardan Amerika uchun maksimal darajada foyda chiqarishdir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG