Breaking News

Hindiston: Trampdan Kashmir bo'yicha vositachi bo'lishni so'ramaganmiz


AQSh Prezidenti Donald Trampning Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi unga Kashmir masalasida Islomobod va Dehli o’rtasida vositachi bo’lishni taklif qilgani haqidagi gaplari Pokiston va Hindistonda siyosiy to’polonga sabab bo’ldi.

Xalqaro hayot - 26-iyul, 2019-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:18 0:00

Gap shundaki, Vashington yillar davomida Kashmir muammosiga Pokiston va Hindiston o’zaro hal qilishi kerak bo’lgan masala sifatida qarab kelgan.

Himolay tog’lari mintaqasida joylashgan Kashmir Hindiston va Pokiston o’rtasidagi hudu bo’lib, har ikki mamlakat unga da’vo qiladi. 1947-yildan beri davlatlar mintaqa uchun ikki bor urush qilgan.

Pokiston Bosh vaziri Imron Xonning shu hafta Oq uyga tashrifi paytida Tramp Kashmir masalasida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan gaplashganini, Modi undan vositachi, hakam bo’lishni iltimos qilganini aytdi.

Trampning bu gaplari AQShning ushbu mavzu bo’yicha ko’p yillik siyosatiga ziddir.

Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jaishankar Hindiston AQShdan masalaga aralashishni so’raganini inkor etdi.

“Parlamentni ishontirib aytmoqchimanki, bosh vazir AQSh prezidentiga bunday iltimos bilan murojaat qilmagan. Qaytaraman, bunday bo’lmagan”, - dedi vazir.

Pokiston Bosh vaziri Imron Xon Vashingtonda AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo bilan uchrashib, Tramp Pokiston pozitsiyasini yaxshi tushunarkan deb uni maqtagan.

Xonning Vashingtondagi Tinchlik institutiga aytishicha, Kashmir taqdiri bo’yicha tortishuvlar Pokiston va Hindiston aloqalarini yaxshilashga g’ov bo’lmoqda.

“Ikki davlat munosabatlari to’g’ri yo’lga endi tushay deb turganda Kashmirda nimadir sodir bo’ladiyu, vaziyat yana eski holiga qaytadi”, - dedi Pokiston rahbari.

Ayrim tahlilchilar nazarida, Tramp Kashmir masalasiga aralashish qanday oqibatlarga olib kelishini tasavvur ham qilolmaydi.

“Hindistonning ko’p yillik rasmiy pozitsiyasi shuki, Kashmir bo’yicha munozaralarga tashqaridan hech kim aralashmasligi kerak, chunki Hindiston nazarida, bu mavzuni muhokama qilishga hojat yo’q, Hindiston hududni o’ziniki deb biladi”, - deydi Vilson markazidan vashingtonlik tahlilchi Maykl Kugelman.

Kuzatuvchilar Trampning Kashmir bo’yicha izohlari va Imron Xonning Oq uyga tashrifi AQSh-Hindiston munosabatlariga qanday ta’sir qilishini tahlil qilishga kirishgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG