Breaking News

Tramp: Las-Vegasdagi qonxo'rlik - yovuzlik


Oq uy, 2-oktabr, 2017
Oq uy, 2-oktabr, 2017

Las-Vegas shahridagi yirik mehmonxona yonida yuz bergan otishmada kamida 58 kishi o'lgan, hujumchi o'zini ham o'ldirgan. Oq uy voqeani yovuzlik, vahshiylik deya ta'rifladi.

"Islomiy davlat" "xuruj bizning ishimiz" deya bayon qilgan lekin Amerika hukumati hozircha bunday xulosadan yiroq.

Politsiyaga ko'ra, hujumchining ismi Stiven Pedok, 64 yoshda. Mehmonxonada uning jasadi yonida bir qancha qurollar topilgan.

Prezident Donald Tramp xalqni halok bo'lganlar ruhi uchun, jarohatlangan yuzlab insonlar tezroq tuzalishi uchun ibodat qilishga undadi.

"Hammamiz dahshatdamiz va jabrlanganlarga hamdardmiz. Amerika motamda", - dedi Tramp Oq uydan turib ommaga murojaat qilar ekan.

Uning aytishicha, Las-Vegasdagi qonxo'rlik sabablari va javobgar tomon aniqlanishi uchun barcha chora-tadbir ko'rilmoqda.

Trampning o'zi shaharga 4-oktabr kuni borishi kutilmoqda.

Las-Vegas - metropolis. Shaarning o'zida 600 mingdan oshiq odam yashaydi. Turizm va ko'ngilochar maskanlardan tushgan pul mahalliy iqtisodning asosiy qismini tashkil etadi. Yalpi yillik daromad 103 milliard dollardan oshadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG