Breaking News

Donald Tramp Oq uyda Sergey Lavrov bilan uchrashdi


Prezident Donald Tramp Oq uyda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi. Saylov paytida Rossiya bilan aloqalarni yaxshilayman degan Tramp bu mamlakatning yuqori darajali rasmiysi bilan ilk bor uchrashmoqda.

Muxbirlar ichkariga kiritilmadi. Uchrashuvdan so'ng Tramp muloqot yaxshi kechganini aytdi.

Lavrovning aytishicha, tomonlar Suriyada deeskalatsiya zonalari xususida gaplashgan. Ikki tomon bunday hududlarning zaruratini ijobiy baholamoqda, deydi u.

“Gumanitar muammolarni hal etish uchun birinchi qadam bu", - dedi Lavrov Vashingtonda Rossiya elchixonasida o'tgan matbuot anjumanida.

Lavrov AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson bilan ham Davlat departamentida uchrashdi.

Ikki vazir o'tgan oy Moskvada ham ko'rishgan.

Uchrashuv chog'ida Rossiyaning AQSh saylovlariga aralashgani haqidagi da'volar xususida gap bo'lganmi, yo'qmi, ma'lum emas.

Payshanba kuni Lavrov Alyaskada bo'lib, Tillerson bilan yana ko'rishadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG