Breaking News

Tramp Makronni NATO haqidagi gaplari uchun tanqid qildi


NATO sammitida qatnashish uchun Londonga borgan AQSh Prezidenti Donald Tramp Fransiya rahbari Emmanuel Makronning “alyans miyasi ishdan chiqdi” mazmunidagi gaplarini tanqid qilib, “jirkanch bayonot” deb atadi.

Trampning aytishicha, shuncha ichki muammolar turganda Makron NATOni tanqid qilishga haqqi yo’q edi.

“Fransiyada shunday muammolar turganda Makrondan bu kabi qattiq bayonot eshityapmiz. “Sariq nimchalar” harakatiga e’tibor bering. Umuman, bu yil Makron uchun oson bo’lmadi. NATOni behurmat qilish mavridi emas”, - dedi Tramp.

Makron o’tgan oy Britaniyaning “Ekonomist” (The Economist) jurnaliga bergan intervyusida aytgan bu gaplarini himoya qilib, NATO qaysi a’zo mudofaaga qancha sarflayotgani bilan qiziqmay, kun tartibidagi muammolar bilan shug’ullanishi kerak, dedi.

Tramp sammit doirasida Makron bilan yuzma-yuz uchrashdi.

AQSh rahbari Qo’shma Shtatlar NATO byudjetining katta qismini qoplashga majbur ekanidan nolib, 2017-yildan beri NATOga a’zo davlatlarni mudofaaga ko’proq pul sarflashga chaqirib keladi.

Alyans bosh kotibi Yens Stoltenbergning aytishicha, Tramp yetakchiligi tufayli byudjet masalasida jiddiy o’zgarishlar bor.

NATO sammitida, shuningdek, aksilterror harakatlar, qurol nazorati, Rossiya bilan munosabatlar va Xitoy harbiy qudrati ham muhokama etilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG