Breaking News

Yil oxiriga borib AQShda Kongress tarkibi yangilanadi


Bu yil Kongress yangilanadi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:18 0:00

Amerikada prezident saylanganidan ikki yil o’tib, Kongressga saylovlar bo’lib o’tadi. Bu degani, kuzda Donald Tramp boshliq Respublikachilar partiyasini jiddiy sinov kutyapti. Trampning safdoshlari kamida bir palatani boy berishi bashorat qilinar ekan, respublikachilar sarosimada.

O’z tarafdorlari bilan uchrashishni yaxshi ko’radigan Prezident Tramp yaqinda Michigan shtatiga bordi.

“Demokratlarga ovoz berish - ochiq chegaralar va jinoyat uchun ovoz berish degani”, - deydi u.

Tramp tarafdorlarini noyabr oyidagi Kongress saylovlarida faol ishtirok etishga undamoqda. Raqib demokratlar kuch-g’ayratga to’la.

“Ulardan ustunmiz deb g’ururlanib o’tirish yaramaydi. Yengni shimarib kurashamiz, Vakillar palatasi va Senatda yana yutamiz. Respublikachilar Kongressni boy bermaydi, chunki iqtisodiyotda ishlar besh”, - deydi prezident.

Demokratlarga esa milliarder Tom Stayer yordam bermoqda. Uning rejasiga ko’ra, demokratlar Vakillar palatasini tortib olsa, Trampni kelasi yili ishdan haydash mumkin.

“Partiyaviy janglar Amerika qanday mamlakat bo’lishini hal qiladi. Biz, oddiy xalq, bu jangda g’olib bo’lishimiz kerak”, - deydi Stayer.

Prezidentning xalq orasidagi past reytingi uning partiyasi uchun yaxshi nishona emas, deydi tahlilchi Jon Fortye:

“Reytingi past. Amerikaliklarning 41-42 foizi Trampning ishini ijobiy baholaydi. Respublikachilar orasida uning ashaddiy tarafdorlari juda ko’p. Lekin demokratlar shtatlarda o’tayotgan maxsus saylovlarda yutib kelmoqda”.

Buning ustiga, o’nlab respublikachilar, jumladan Vakillar palatasi spikeri Pol Rayan ham Kongressdan ketayotganini e’lon qilgan. Saylov oldidan bu partiyaga zarba. Demokratlar uchun o’rinlar ochilmoqda degani bu.

“Respublikachilar pessimizmga cho’kkan. Hatto ularning rahbari ham iste’foga chiqyapti. Tramp saylanganidan beri saylovlarda ustunlik demokratlarga o’tgan”, - deydi siyosatdon Jim Kessler.

Tramp uchun Kongressdagi palatalarning hatto bittasi demokratlar qo’liga o’tishi jiddiy siyosiy oqibatlarga olib keladi, deydi tadqiqotchi Bill Galston:

“Vakillar palatasi boy berilsa Tramp olg’a surayotgan qonun loyihalari ovozdan o’tmaydi. Senat boy berilsa u tanlagan odamlarni lavozimlarga tayinlash to’xtab qoladi”.

Tramp respublikachilarni ruhlantirish uchun anchagina vaqt sarflashi tayin. Chunki o’nlab o’rinlar boy berilsa, Vakillar palatasi va Senatda demokratlar ko’pchilikka aylanadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG