Breaking News

Tramp migrantlarni askarlar bilan to'xtatmoqchi


AQSh Mudofaa vazirligi Gondurasdan Amerikaga yo’l olgan migrantlarning yo’lini to’sish uchun Meksika bilan chegaraga 5200 askarni safarbar qilmoqda.

AQSh Qurolli kuchlarining Shimoliy qo’mondonligi rahbari general Terrens Oshonessining aytishicha, ular bu ishda Milliy gvardiyaning ikki mingdan ziyod askarlariga yordam beradi.

AQSh hukumati hisobiga ko’ra, Markaziy Amerikaning uch davlatidan olti mingdan ortiq migrant AQSh chegarasiga yaqinlashmoqda.

Prezident Tramp ularni Amerikaga tahdid deb atamoqda, ular orasida ko’plab jinoyatchilar bor, deydi. Migrantlar esa qashshoqlik, jinoyatchilik, ishsizlikdan qochayotganini aytadi.

Trampning aytishicha, Amerikaga kelmoqchi bo’lgan odamlar qonuniy yo’llardan foydalanishi kerak, migrantlar esa vaqtini behudaga sarflamoqda, chunki hech biri AQShga kiritilmaydi.

Ayni damda migrantlar Meksika hududidan o'tyapti. Amerika chegarasigacha bir mingcha kilometr qolgan. Tramp ular uchun chodirli shaharcha qurib beramiz, deydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG