Breaking News

Tramp Kim Chen Unni yadro dasturidan voz kechishga ko’ndira oladimi?


AQSh Shimoliy Koreya yadro dasturini o’ziga tahdid deb bilarkan, 20-yanvardan ikkinchi prezidentlik muddatini boshlashi kutilayotgan Donald Tramp Pxenyanga nisbatan qanday siyosat yuritadi?

Xalqaro hayot - 24-dekabr, 2024-yil - Bayden o’limga mahkumlarga shafqat ko’rsatdi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:44 0:00

Tramp birinchi prezidentlik muddati paytida Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un bilan ikki bor uchrashgan, Pxenyanga iqtisodiy sanksiyalarni kuchaytirgan, ammo uni yadro dasturidan voz kechishga majburlay olmadi.

Kim Chen Un Vashington uning mamlakatiga nisbatan dushmanona siyosatini davom ettirayotganini aytib, Shimoliy Koreyaning yadro salohiyatini cheksiz kengaytirishi haqida ogohlantirdi.

AQSh Davlat departamentida Osiyo masalalari bilan shug’ullangan sobiq rasmiy Evans Rivire Kim va Trampning 2019-yildagi so’nggi uchrashuvidan beri ko’p narsa o’zgarganini aytadi.

“Kim Chen Un Rossiya bilan aloqalarining kuchaygani hisobiga Trampga qaraganda qo’lini hozir baland deb hisoblaydi”, - deydi tahlilchi.

AQSh Mudofaa vazirligi ayni paytda 10 mingdan ziyod shimoliy koreyalik askar Rossiyaga Ukraina armiyasiga qarshi urushda yordam berayotganini aytadi.

Rossiya va Shimoliy Koreya o’rtasida strategik sheriklik haqida imzolangan bitim Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousov nazarida Koreya yarim orolida urush xavfini kamaytiradi.

NATO Bosh kotibi Mark Ruttega ko’ra, ikki mamlakat ittifoqi Tramp ma’muriyati uchun boshog’riq bo’ladi.

“Rossiya Shimoliy Koreyaga yadro texnologiyasini, raketa texnologiyasini uzatmoqda. Bu esa nafaqat bizga, balki AQSh hududiga ham tahdiddir”, - deydi Rutte.

AQSh razvedkasining Shimoliy Koreya bo’yicha sobiq xodimi Sidni Seyler ham Rossiya-Shimoliy Koreya ittifoqini barqarorlikka tahdid deb biladi.

“Bu yaqin va uzoq muddatli xavf tug’diruvchi, Ukrainada urushni cho’zuvchi, Koreya yarim orolini beqarorlashtiruvchi, xalqaro hamjamiyatni beqarorlashtiruvchi harbiy ittifoqqa aylanyapti”, - deydi u.

Shimoliy Koreya Rossiyadan havo mudofaasi tizimlari, oziq-ovqat, pul va yoqilg’i , o’q-dori ishlab chiqarishni takomillashtirishda yordam olarkan, Seyler nazarida Kim Chen Unda AQShga Trampning birinchi muddati paytidagiday ehtiyoj qolmaydi.

“Yangi yaqin do’sti Vladimir Putindan hamma narsani olayotgan Kim Chen Un nega endi Donald Trampga murojaat qilsin?”, - deydi u.

AQShda noyabr saylovidan oldin Shimoliy Koreya AQSh hududigacha yetib borish salohiyatiga ega yangi qit’alararo ballistik raketasini sinovdan o’tkazdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG