Breaking News

Trampning siyosiy kelajagi qanday?


AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Oq uydan ketgani bilan siyosatni tark etgani yo’q. So’rovlarga ko’ra, Trampning respublikachi saylovchilar orasida obro’si hali ham baland. Sobiq rahbar o’ziga sodiq bo’lmagan respublikachi siyosatchilarni nishonga olmoqda. Xususan, uni 6-yanvar kuni Kapitoliyga bosqinda ayblagan respublikachilarning Senatdagi sardorini.

Xalqaro hayot - 22-fevral, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:56 0:00

“Prezident Tramp ushbu voqealarga ham amaliy, ham ma’naviy tomondan mas’ul”, - dedi Mitch Makkonel.

Tramp Makkonelni qo’llab-quvvatlagan respublikachi senatorlarni keyingi saylovda mag’lub etishni o’ziga maqsad qildi. Shu maqsadda u bunday qonunchilarning partiyaviy saylovdagi raqiblarini qo’llab-quvvatlamoqchi.

“Prezident Trampga ovoz bergan 75 million odam Tramp hali ham Amerika siyosatida faol ekanini, “Amerika ustuvor” siyosatini qo’llab-quvvatlovchi nomzodlar tarafida bo’lishini bilishi zarur”, - deydi Tramp saylov shtabida maslahatchi bo’lgan Jeyson Miller.

Senatdagi impichment sudida Trampga qarshi ovoz bergan 7 nafar respublikachi senator, ayniqsa, tanqid ostida. Ularga partiya hatto xayfsan e’lon qilgan. Bu Trampga xayrixohlik hali ham kuchli ekanini ko’rsatmoqda.

“Respublikachilar partiyasi Tramp partiyasidir. Afsuski, o’z tamoyillariga ega mota’dil, markaz-sentrist qarashlarga ega konservatorlar ayni paytda o’zini uysizdek his qilayotgan bo’lishi mumkin”, - deydi tahlilchi Oliviya Troye.

Vakillar palatasidagi demokratlar Tramp Senatdagi sudda oqlanganiga qaramay, uni javobgarlikka tortish niyatidan qaytmoqchi emas. Ular Trampning Kapitoliy bosqinidagi rolini taftish qilish maqsadida mustaqil komissiya tuzishga kirishdi.

“Komissiyadan maqsad Prezident Trampni jazolash emas, faktlarni aniqlash”, - deydi 11-sentabr xurujlarini taftish qilgan komissiya raisi Tomas Kin.

Eng so’nggi ijtimoiy so’rovda respublikachilarning 75 foizi Tramp partiya siyosatida muhim rol o’ynashi kerak degan fikr bildirgan.

“Sizni yaxshi ko’ramiz. Biror shaklda qaytamiz hali”, - degan edi Tramp Oq uydan ketayotib.

Biroq Trampning Kapitoliy bosqinidagi roli va saylovga aralashuvi bilan bog’liq jinoiy tergov hamda soliq va sug’urta firibgarligiga doir sud ishlari sobiq prezidentning katta siyosatdagi kelajagiga hali tuzatishlar kiritishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG