Breaking News

Trampning Rossiya bo'yicha siyosati bormi?


Arxiv surat. Tramp va Putin Gamburgda uchrashmoqda, 7-iyul, 2017-yil
Arxiv surat. Tramp va Putin Gamburgda uchrashmoqda, 7-iyul, 2017-yil

AQSh Prezidenti Donald Trampning Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishdan bosh tortayotgani Moskvada iliq qabul qilingan edi. Bundan tashqari, Tramp o’tgan hafta Prezident Putinning Rossiyadan amerikalik diplomatlarni haydash qarorini olqishladi.

Saylov paytida Tramp Rossiya bilan aloqalarni yaxshilashga va’da bergan. Biroq Kongress hozircha bunga yo’l qo’ymayapti. Natijada Tramp yangi sanksiyalarni o’z ichiga olgan qonun loyihasini imzolashga majbur bo’ldi. Uning Rossiya siyosati qanday? Va umuman, Trampda Rossiyaga nisbatan aniq siyosat bormi?

Karnegi markazining Moskvadagi idorasi xodimi Andrey Kolesnikov bu savolga “yo’q” deb javob beradi.

Kremldagilar hali ham Tramp bilan kelishishga umid qilmoqda.

“Saylovlardan sakkiz oy o’tib ham Tramp saylovoldi va’dasining ustidan chiqa olmadi”, - deydi Vashingtondagi Brukings instituti tahlilchisi Jeyms Kirchik.

Bunga bir sabab Tramp partiyadoshlarining Rossiya masalasida o’zgacha fikrda bo’lgani.

“Rossiyadagilar Tramp Amerikadagi siyosiy tartibdan ustun kela olishiga umid qilgan edi, ammo hozircha buning teskarisini ko’ryapmiz. Kremlning umidlari puchga chiqmoqda”, - deydi Kolesnikov.

Tramp o’tgan oy Polshaga borganida Rossiyani Ukrainani beqarorlashtirish harakatlaridan, Suriya va Eron kabi mamlakatlarni qo’llab-quvvatlashdan voz kechishga chaqirdi. Ba’zilar nazarida, Trampning Rossiyaga munosabati o’zgargandek.

“Tramp Rossiya bilan samarali aloqa qilishga umid qilsa ham, agar Rossiya ba’zi siyosatidan qaytmasa, AQSh va Yevropadagi mamlakatlar uchun u bilan ijobiy munosabatda bo’lish oson bo’lmaydi”, - deydi Kirchik.

Kongress Trampning sanksiyalarni bekor qilish vakolatini cheklaydigan qonun qabul qilganidan so’ng Rossiyada aloqalarni iliqlashtirishga qaratilgan umidlar so’ndi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG