Breaking News

Tramp g'alabasi Rossiya iqtisodi uchun nimani anglatadi?


Rubl qadri hamon past lekin Rossiya umidni boy bermagan
Rubl qadri hamon past lekin Rossiya umidni boy bermagan

Qo'shma Shtatlarda respublikachi Donald Tramp prezidentlikka saylanganidan uch kun o'tib, Rossiyada rub qadri sal oshgandek. Ayni damda 1 AQSh dollari qariyb 66 rublga teng.

Lekin iqtisodiy vaziyat hamon og'ir.

Kremlning umidi shuki, Prezident Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qiladi va aloqalarni tuzatishni boshlaydi.

Imkoniyatlar keng lekin ular uchun hozir yo'l yopiq, "chunki Obama ma'muriyati Ukrainani bahona qilib, Rossiyani asossiz jazolashda davom etmoqda", deydi federatsiya moliya siyosati uchun mas'ul rasmiylar.

Iqtisodchilar esa Rossiyada vaziyatni o'nglash uchun hatto sanksiyalarni bekor qilish ham yetmaydi degan fikrda. Energetika bozori chatoq. Neft va gaz bahosi past ekan, daromad oshmaydi.

Yuriy Danilov, Moskva Davlat universitetida yetakchi mutaxassis:

“Kichik, xususiy sarmoyadorlar Rossiyada propaganda ta'siri ostida qaror qabul qiladi. Propagandaga ko'ra, sanksiyalar yaqin orada olib tashlanadi. Aksiyalar bozori chaqqonlashgan. Odamlar umidga to'la.”

Moliya va energetika bozori haqida Tramp hali og'iz ochgani yo'q, Kreml bu borada hali Vashington bilan muloqotga ham kirishmagan, deya eslatadi Mixail Subbotin, Rossiya Fanlar akademiyasi a'zosi.

“AQShning yangi prezidenti va bizning rahbarimiz qanchalik til topisha oladi, bilmaymiz. Til topisha olish sanksiyalarni olib tashlash va yonilg'i bahosini oshirish uchun yetmaydi", - deydi u.

Sanksiyalar 2014-yilda qo'yilgan. Sabab - Rossiya Ukrainaning Qrim yarimorolini bosib olgani va mamlakatning sharqiy chegaralarida Kiyevga qarshi jangari kuchlarni quvvatlab, bu davlat tinchligini buzgani.

Rossiya iqtisodi 2014-yildan beri o'sishdan to'xtab qolgan. 2015-yilda 3,7 foizga qisqargan. Kelasi yili ham oldinga siljishi kutilmayapti.

G'arbning yirik energetika kompaniyalari, xususan "ExxonMobil" mamlakatdan chiqib ketgan. Milliardlab dollar sarmoya kiritgan bizneslar o'z faoliyatini to'xtatgan.

Rossiya o'z iqtisodiyotini xilma-xillashtirishga harakat qildi, lekin u hamon xomashyo eksportiga asoslangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG