Breaking News

Tramp faqat tarafdorlari bilan mashg'ul, deydi kuzatuvchilar


Donald Tramp Florida shtatida tarafdorlari oldida so'zladi, Melburn, 18-fevral, 2017-yil
Donald Tramp Florida shtatida tarafdorlari oldida so'zladi, Melburn, 18-fevral, 2017-yil

Donald Tramp prezidentligining birinchi oyida tarafdorlarini ruhlantirib, tanqidchilarini yanada asabiylashtirib, saylov paytida bo’linib qolgan jamiyatni jipslashtira olmadi. Trampning asosiy diqqati hozir tarafdorlariga berilgan va’dalarni bajarishga qaratilgan. Ayrim tanqidchilar bunday yondashuv xato ekanini aytmoqda.

“Buyuk harakat yaratdik, doim sizlar bilan bo’laman”, - dedi Tramp Floridada tarafdorlari oldida so’zlarkan.

Ulardan biri Jin Xuber prezidentga minnatdorchilik bildirish uchun sahnaga chiqdi.

“Prezident Tramp saylov kampaniyasi paytida bizga va’dalar berganida so’zining ustidan chiqishini bilganman”, - dedi u.

Tramp xalqni bo’lib qo’ygan arbob sifatida ko’riladi, ammo unga ovoz berganlar afsusda emas, deydi tahlilchi Jon Fiyeri.

“Uning eng ashaddiy tarafdorlari Donald Tramp qilayotgan ishlardan xursand, chunki u eski tartibni oyoqosti qilmoqda”, - deydi mutaxassis.

Trampning tanqidchilari mamlakat bo’ylab norozilik namoyishlarida qatnashmoqda.

“U siyosati bilan odamlarni bo’lib qo’ymoqda”, - deydi ulardan biri.

Tahlilchi Jeyms Turber nazarida, Trampga qarshi muxolifat kuchaymoqda.

“U ba’zi harakatlari bilan o’zi bilmagan holda raqiblarini ruhlantirdi, ularning uyushishiga sabab bo’ldi, muxolif tashkilotlar soni ko’paymoqda”, - deydi Turber.

Vashingtonda Afro-amerikaliklar tarixi va madaniyati muzeyiga tashrifi chog’ida Tramp xalqni birlashtirishga harakat qilaman, dedi.

“Mamlakatni birlashtiramiz, dunyoni ham balki birlashtirarmiz”, - dedi u.

Trampning asosiy tarafdorlariga diqqatini qaratishi keyinchalik siyosiy tomondan prezidentga zarar bo’lishi mumkin, deydi siyosatshunos Fiyeri.

“Tramp rahbar sifatida mamlakatdagi boshqa odamlarni ham o’ylashi, ularni behuzur qilmasligi zarur”, - deydi mutaxassis.

So’nggi ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, Tramp faoliyatini fuqarolarning 38 foizigina yoqlamoqda, demak oldinda hali ancha ishlarni qilish kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG