Breaking News

Prezident Tramp Tolibon rahbarlari bilan telefonda gaplashdi


AQSh va Tolibon o’zaro kelishuv imzolashi ketidan Prezident Donald Tramp Tolibon rahbarlari bilan telefonda gaplashgan. Suhbat mazmuni haqida ma’lumot yo’q, biroq Tramp muloqot yaxshi o’tganini aytdi.

Xalqaro hayot - 4-mart, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:45 0:00

“Tolibon rahbari bilan gaplashdim bugun. Zo’ravonliklarga qarshi ekanimizni aytdik”, - dedi u.

Uzoq kutilgan kelishuv imzolanganiga qaramay, Tolibon Afg’onistonda zo’ravonliklarni jonlantirgan, AQSh esa mamlakat janubida toliblarni nishonga olgan.

Amerikaning Afg’onistondagi harbiy qo’mondonligi bergan ma’lumotga ko’ra, Hilmand viloyatidagi harbiy postga hujum qilgan toliblar nishonga olingan.

AQSh Mudofaa vaziri Mark Esperning aytishicha, yaqin kunlarda salkam 13 ming qo’shindan Afg’onistonda 8600 nafari qolishi rejalangan. Qolganlari 14 oy ichida tark etadi.

“Tolibon bilan imzolangan bitim shartlidir. Shunga qaramay, qo’shinlarimizni chiqarishni boshlaymiz”, - dedi Esper.

Tolibon so’zlovchisiga ko’ra, zo’ravonliklarni susaytirishga doir kelishuv vaqtincha edi, amaliyotlar endi odatdagidek davom ettiriladi. Zabihulla Mujohidning aytishicha, xorijiy qo’shinlar nishonga olinmaydi, faqat Kobuldagi hukumat kuchlari.

AQSh mudofaa vazirining umid qilishicha, Tolibonning hukumat bilan muzokaralari sulhga yetaklashi kerak.

AQSh Milliy xavfsizlik kengashining sobiq rasmiysi Tomas Vestning aytishicha, zo’ravonliklar tez so’nishini kutmaslik kerak.

“Bundan ajablanmaslik kerak. Tolibon harakati yaxlit emas, hamjihatlik yo’q. Ko’p toliblar qurollarini tashlagisi yo’q”, - deydi u.

AQSh qo’shinlarini kelishilgandek Afg’onistondan chiqarsa ham Kobuldagi hukumatning qamoqdagi toliblarni ozod qilishga qarshiligi jangarilar bilan ichki muzokaralarni uzoq vaqtga qoldirishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG