Breaking News

Tramp terrorga qarshi kurashni kuchaytirmoqchi


Tramp terrorga qarshi qanday kurashadi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:40 0:00

Prezidentlikni boshlashga hozirlanayotgan Donald Tramp "radikal islomiy terrorizm"ga qarshi kurashni davlat siyosatiga aylantirishga va'da bergan. Tashqi siyosatda eng asosiy e'tibor terrorizm va "Islomiy davlat"ni yo'q qilishga qaratilishi kutilyapti.

Yana bir terror xuruji... Bu safar Berlinda...

Bo'lajak prezident darhol "Twitter" orqali munosabat bildirdi.

Tramp boshida "diniy tahdid"lar haqida bu qadar ko'p gapirmas edi. Ammo yangi-yangi xurujlar ro'y berishi ortidan uning qarashlari ham keskinlashdi.

Terrorga qarshi kurash chorasi sifatida Tramp musulmonlarni AQShga kiritmaslik, IShIDga qarshi bombalash amaliyotlarini kuchaytirish hamda Rossiya va hatto Suriya rejimi bilan hamkorlik qilish kabi takliflarni olg'a surdi.

"Bizning yangi rejamiz radikal islomning yoyilishini to'xtatishdan iborat. Buni Amerikadagi har ikki partiya ham, xorijdagi va Yaqin Sharqdagi hamkorlarimiz qo'llashi kerak", - dedi u.

Ideologiyaga e'tibor Tramp va Prezident Obama qarashlaridagi asosiy farq, deydi vashingtonlik tahlilchi Bleyz Mistal.

"Tahdidni mafkura sifatida ko'radigan Tramp nafaqat hujumning o'zini, balki g'oyaning tarqalishini hamda yanada radikallashishni ham to'xtatishga harakat qiladi", - deydi u.

Obama terrorizm va islom o'rtasidagi aloqani rad etadi. Bundan norozilar Trampning yangi yondashuvidan umidvor. Ammo dunyoning 1,7 milliard kishilik musulmonlarini qoralashdan ehtiyot bo'lish kerak, deydi Markaziy Razvedka agentligi sobiq rahbari Maykl Heyden.

"Islomga aloqador joyi bor. Ko'p joyi islomga bog'liq. Lekin hammasi emas. Xudo haqqi, muammo hamma musulmonlar haqida emas", - deydi u.

Tramp maslahatchilari islom va islomiy terror o'rtasida farq borligini tan oladi, ammo hozirgidan ko'ra keskinroq kurash olib borish kerak, deydi. Heritej jamg'armasida tashqi siyosat bo'limini boshqaruvchi Jeyms Karafano ham shu fikrda.

"Global terrorizm bugun Obama hokimiyatga kelgan paytga qaraganda yomonroq. Shuning uchun 20-yanvardan so'ng terrorga qarshi kurash strategiyasi hozirgidek bo'ladi, deb xomtama bo'lmaslik kerak. Chunki hozirgi choralar ish bermayapti", - deydi u.

Siyosat o'zgarishi mumkin, ammo bir narsa aniq, deydi Heyden, terrorizmni faqat harbiy yo'l bilan yengib bo'lmaydi.

Tramp siyosatiga qarshilik
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:42 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG