Breaking News

Tramp COVID-19 ga qarshi vaksina oktabrda e'lon qilinishini aytmoqda


AQSh Yuqumli kasalliklarning oldini olish markazi rahbari Robert Redfildning aytishicha, koronavirusga qarshi vaksina noyabr va dekabr o’rtalarida cheklangan miqdorda ishlab chiqarilib, tibbiy xizmatchilar, qo’shimcha kasalliklari bor bemorlar va qariyalarga taklif etiladi.

Xalqaro hayot – 17-sentabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:07 0:00

“Qolganlar esa 2021-yilning uchinchi choragiga yaqin emlanishi mumkin”, - dedi u.

Ushbu bayonotdan bir necha soat o’tib, Prezident Donald Tramp o’zgacha ma’lumot berdi.

“Redfild xato so’zladi deb o’ylayman, noto’g’ri ma’lumot berdi. Vaksina chiqishi bilan hammaga tarqata boshlaymiz. Oktabr oyida e’lon qilamiz deb o’ylayman”, - dedi Tramp.

Ba’zi kuzatuvchilar koronavirusga qarshi vaksinani noyabrda bo’ladigan prezident saylovlariga bog’lamoqda. Ular nazarida, Tramp vaksina ishlab chiqarishni tezlashtirish orqali saylovchilar mehrini qozonmoqchi.

Seshanba kuni saylovchilar bilan uchrashuv paytida Tramp koronavirus vaksinasiz ham yo’q bo’lishini, odamlarda virusga qarshi kollektiv immunitet hosil bo’lishini da’vo qildi.

Mutaxassislarga ko’ra, kollektiv immunitet bo’lishi uchun aholining sezilarli qismida virusga qarshi himoya shakllangan bo’lishi zarur, shundagina immuniteti yo’qlarning virus yuqtirish ehtimoli ancha pasayadi.

“Buning uchun ko’p odamlar virus yuqtirgan bo’lishi, kasallanib, kasalxonada yotib chiqqan bo’lishi, turli yoshdagi ko’p odamlar – ayollar, bolalar, qariyalar, surunkali kasalligi borlar o’lgan bo’lishi kerak. Ammo bizga buning keragi yo’q”, - deydi Vanderbilt universiteti tibbiy markazidan Uilyam Shaffner.

Demokratik partiyadan nomzod Jo Bayden prezidentlikka saylansa, vaksina bo’yicha siyosatni qanday yuritishini bayon qildi.

“Mening rejamga ko’ra vaksina avvalambor muhtojlarga taklif etiladi, odamlarga aniq jadvalga muvofiq taqsimlanadi”, - dedi u.

Ayrim amerikaliklar saylovdan oldin pochta orqali ovoz berishni boshlagan. So’nggi ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, amerikaliklarning 65 foizi Trampning koronavirus bo’yicha siyosatidan norozi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG