Prezident Tramp seshanba kuni Kaliforniya shtatiga borib, Meksika bilan chegarada qurilishi rejalanayotgan devor namunalarini ko’zdan kechirdi. Uning aytishicha, devorsiz noqonuniy immigratsiyaga chek qo’yib bo’lmaydi.
“Devor bo’lmasa, mamlakat bo’lmaydi. Meksika ko’plab muammolarga yuz tutmoqda”, - dedi Tramp.
Kaliforniyada devor qurishga qarshilik kuchli. Namoyishchilar San-Diyego ko’chalarida norozilik bildirdi.
Tanqidchilar nazarida, devor “AQSh muhojirlarga bundan keyin yopiq” degan ma’noni anglatadi.
“Mening otam muhojir bo’lgan, bu mamlakatni muhojirlar ko’targan, aksariyatimiz muhojir. Hozirgi siyosat noto’g’ri”, - deydi namoyishchilardan biri.
Ammo Tramp tarafdorlari 3200 kilometrlik to’siq xavfsizligimizni ta’minlaydi, deydi.
“Devor qurilishini istaymiz. Noqonuniy immigratsiyaga chek qo’ymoqchimiz, mamlakatimizning yana buyuk bo’lishini istaymiz”, - deydi ulardan biri.
Tramp bu loyiha uchun Kongressdan 18 milliard dollar so’ragan. Biroq qonunchilarning bir qismi ham devor qurilishiga qarshi. Ba’zilar chegarada nazoratni kuchaytirish kifoya, demoqda.
Facebook Forum