AQSh sudyalar hay'ati 2013-yilda Boston marafonidagi portlashlarni amalga oshirganlikda ayblangan Joxar Sarnayevni aybdor dep topdi.
Hay'at 11 soatdan uzoq davom etgan munozaralardan so'ng Joharni akasi Tamerlanga xurujlarni amalga oshirishda yordam berganlikda aybdor deb topgan. O'shanda uch odam o'lgan, 264 nafari jarohat olgan edi.
Johar Sarnayevga jami 30 ta ayblov qo'yilgan, shulardan 17 tasi uchun o'lim jazosi belgilangan.
Sudning ikkinchi bosqichida hay'at unga qanday jazo berishni hal qiladi - umrbod qamoq yoki o'lim.
Advokatlar deydiki, Johar Sarnayev haqiqatda 2013-yilgi hujumni amalga oshirishda yordam bergan. Lekin hamla rejasining muallifi Joharning akasi Tamerlan edi, deydi ular.
"Johar qildi bu ishni", - deydi advokat Judi Klark sudning birinchi kunida. O'sha mash'um kunda ikki qonli portlashni sodir etib, uch odamning hayotiga zomin bo'lganlik hamda 264 kishini jarohatlaganlikda aybdor topilsa, Johar o'limga hukm qilinishi mumkin.
Klark sudda chiqish qilar ekan, "Joharning aybiga ko'z yummoqchi emasmiz", dedi.
Ammo yigit aslida akasi Tamerlanning ta'siriga tushib qolgan va uning buyrug'i bilan hujumlarni amalga oshirgan, deydi advokat.
Prokurorlarning ta'kidlashicha, xuruj Amerikaning musulmon davlatlardagi urushlariga nisbatan qasos bo'lgan.
Politsiyadan qochayotib Johar o'zi xohlamagan tarzda akasi Tamerlanni mashinada bosib o'ldirgan.