Breaking News

Turkiya matbuoti: Ahmed Chatayev - Istanbuldagi hujumlar muallifi


"Yeni Shafak" gazetasida yozilishicha, chechenistonlik Ahmed Chatayev hujum ortida turgan asosiy shaxs bo'lishi mumkin.
"Yeni Shafak" gazetasida yozilishicha, chechenistonlik Ahmed Chatayev hujum ortida turgan asosiy shaxs bo'lishi mumkin.

Istanbulda shu hafta sodir etilgan xurujlar muallifi Ahmed Chatayev ekani taxmin qilinmoqda. U uzoq yillar avval Chechenistonda, so'ng Suriyada jangarilar qatorida jang qilgan. "Islomiy davlat" to'dasi vakili hozir qidiruvda ekani aytilmoqda.

Seshanba kuni Turkiyadagi Otaturk xalqaro aeroportida uch kishi amalga oshirgan hujumlar kamida 44 odamni hayotdan olib ketdi. 230 dan oshiq odam jarohatlangan. Hujumchilar avvaliga o'q otar qurollardan o't ochib, so'ng o'zini portlatgan. Turkiya rahbariyati xurujlarda "Islomiy davlat" to'dasini gumon qilmoqda.

Terror amaliyotini sodir etgan uch shaxs Rossiya, O'zbekiston va Qirg'iziston fuqarolari edi, deya yozadi Turkiya va G'arb matbuoti Turkiya rasmiylariga suyangan holda. Rasmiylar bu haqda boshqa lom-mim demayapti. Ularning ism-sharifi e'lon qilinmayapti, lekin Turkiya matbuoti xabariga ko'ra, shimoliy kavkazlik ikki shaxs hujumlarga aloqador.

"Yeni Shafak" gazetasida yozilishicha, chechenistonlik Ahmed Chatayev hujum ortida turgan asosiy shaxs bo'lishi mumkin. Gazeta hujumchilardan yana biri dog'istonlik Osman Vadinov ekani haqida xabar qilmoqda.

Chatayev 2001-yilda Rossiyani tark etib, Avstriyaga borgan va 2003-yilda bu yurt fuqaroligini olgan. U bu pasporti bilan Yevropa va boshqa davlatlarga erkin safar qilgan.

Rossiya rasmiylari ko'rsatmasi bilan 2010-yilda Ukrainada ushlanib, keyinroq qo'yib yuborilgan. 2011-yilda Bolgariya-Turkiya chegarasida hibsga olingan. Sud qarorini apellyatsiyaga topshirib, Jeneva qochqinlar konvensiyasi doirasida qo'yib yuborilgan.

Turkiyada 2012-2015-yillarda yashab, "Islomiy davlat" bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqaga kirgan.

2015-yilning oktabrida Amerika Moliya vazirligi Ahmed Chatayevni global terrorchilar ro'yxatiga kiritgan.

Xalqaro hayot - 1-iyul, 2016-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:02 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG