Breaking News

AQSh vitse-prezidenti Anqaraga tashrif buyurdi


Kelasi hafta Venada Suriya tinchlik muloqoti boshlanishi kutilar ekan, AQSh Vitse-prezidenti Jo Bayden bugun shu va "Islomiy davlat"ga qarshi kurash masalasini muhokama qilish uchun Turkiyaga tashrif buyurdi.

Tahrif davomida u Turkiyani jangari guruhga qarshi kurashga ko'proq hissa qo'shishga chaqirishi kutilmoqda. Ayni paytda Anqara Suriyada kurdlarning kuchayib borayotganidan norozi.

Bayden Turkiya fuqarolik jamiyati vakillari bilan ham uchrashadi. AQShning Turkiyadagi elchisi Jon Bass o'tgan hafta isyonkor Kurdiston ishchilar partiyasi bilan tinchlik muloqotini qayta tiklash kerak, deya fikr bildirgan ziyolar ta'qib ostiga olingani yuzasidan Turkiya hukumatini tanqid qilgan edi.

Bag'dod va Anqara o'rtasida so'nggi paytda aloqalarning taranglashgani ham Bayden tashrifi davomida tilga olinadi, deydi kuzatuvchilar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG