Breaking News

Turkiya Rayhonlidagi xurujlarda Suriyani ayblamoqda


Turkiyaning Rayhonli shahrida portlash, 11-may, 2013-yil
Turkiyaning Rayhonli shahrida portlash, 11-may, 2013-yil
Turkiya shanba kungi xurujlarni Suriya hukumatidan ko’rar ekan, bosh vazir Rajab Toyib Erdog’an provokatsiyaga uchmaymiz, Suriyada fuqarolik urushiga aralashmaymiz, demoqda.

Rayhonli shahrida 46 kishini o’ldirgan ikki xurujga aloqadorlik gumoni bilan to’qqiz fuqaro hibsga olingan. Bosh vazir o’rinbosari Beshir Atalayning aytishicha, ular so’roq qilinib, ba’zilari aybiga iqror bo’lgan. Tergovchilar ularni Suriya razvedkasiga aloqadorlikda gumon qilmoqda.

Rayhonli Suriya chegarasiga yaqin hududda joylashgan. U yerda Suriyadan qochgan minglab odamlar boshpana topgan.

Suriya axborot vaziri Umran al-Zubiyning aytishicha, Damashqning xurujga aloqasi yo’q. Zubiy xurujlarni suriyalik isyonchilardan ko’rmoqda.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Ahmat Dovuto’g’li BMT Xavfsizlik Kengashidan Suriya mojarosiga chek qo’yish uchun chora ko’rishni so’ragan.

"Xalqaro hamjamiyat qo’l qovushtirib o’tirar ekan, uchqundan alanga chiqishi mumkin", - dedi turk vaziri.

AQSh davlat kotibi Jon Kerri va Turkiyadagi elchi Frensis Richchiardone xurujlrni qoralagan.

Bugun, shuningdek, ma’lum bo’lishicha, bugun janubdagi Usmoniya shahri yaqinida Turkiyaga qarashli qiruvchi samolyot qulagan. Voqea Suriya chegarasidan 50 kilometr narida ro’y bergan.

Turkiyaga ko’ra, F-16 samolyoti urib tushirilmagan, halokat sababi texnik nosozlikda. Pilot parashut bilan sakrashga ulgurgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG