Breaking News

Xitoyning Turkiyaga vaksinani kechiktirish qarori siyosiymi?


Xitoyning "Sinovak" vaksinasi
Xitoyning "Sinovak" vaksinasi

Turkiyada koronavirus yuqtirish holatlari keskin o’sgan. Hukumat Xitoydan vaksinaning katta partiyasini buyurtirgan, biroq vaksina yetkazilishi hadeb qoldirilarkan, Pekin undan Turkiyaga bosim sifatida foydalanishi mumkin degan xavotirlar mavjud.

Xalqaro hayot – 31-mart, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:27 0:00

Ayni damda mamlakatda 60 va undan katta yoshdagilar emlanmoqda, biroq tibbiy markazlarda vaksina yetishmayapti.

“Turkiya Xitoy vaksinasiga tamomila tobe. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining vaksinaga da’vogar davlatlar guruhiga qo’shilmadi. Xitoy esa vaksinaning keyingi partiyasini kechiktirishi mumkin. Buni o’ziga yarasha bosim deb bilsa bo’ladi”, - deydi Sian-Tzyaotun-Liverpul universiteti tahlilchisi Jeren Ergench.

Turkiya noyabr oyida Xitoy bilan 100 million doza “Sinovak” vaksinasini xarid qilishga shartnoma imzolagan edi.

Yaqinda Xitoy tashqi ishlar vazirining Anqaraga tashrifi chog’ida Prezident Rajab Toyib Erdog’an bu masalani ko’tarib, fevral oyida yetkazilishi kerak bo’lgan 50 million dona vaksina taqdiri bilan qiziqdi.

Ba’zilar nazarida, Xitoy Anqarani ekstraditsiyaga doir kelishuvni tasdiqlashga undash uchun ham vaksinani kechiktirmoqda.

“Turkiyaliklar “vaksinani yonimizdagi G’arbdan olmasdan nega Xitoydan olyapmiz” deya savol berishmoqda. Bunday qarorni tushunish qiyin, axir odatda Xitoyni Turkiyada xush ko’rishmaydi”, - deydi Marmara universitetidan Chag’dash Ungor.

Erdog’an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan yaxshi muomala qilishi haqida maqtanishini hisobga olganda Rossiya “Sputnik V” vaksinasini nega Turkiyaga sotmayapti degan savol ham ko’plarni qiynamoqda.

Turkiya hukumati karantinni yumshatib, restoran va barlarni ochishga ruxsat berishi ketidan koronavirusga uchrash hollari ko’paygan.

Hatto Erdog’anning o’zi “Adolat va taraqqiyot” partiyasining mamlakat bo’ylab o’tkazilgan qurultoylarida qatnashdi.

“Eng og’ir vaziyat Istanbulda. Intensiv davolash bo’limlarida bo’sh yotoqlar qolmagan. Tibbiy xizmatchilar o’zi zo’rg’a oyoqda turibdi. Hozirgi vaziyat sog’liqni saqlash tizimini yiqitib qo’yishi mumkin”, - deydi Turkiya tibbiy uyushmasi rahbari Shabnam Finjanchi.

Erdog’an karantin yangidan joriy etiladi, ammo sayyohlik mavsumiga ham tayyor turish kerak, deydi. Infeksiya tez tarqalayotgan, Xitoy vaksinasidan esa darak bo’lmayotgan bir paytda Anqaraning Xitoyga ishonchi qimmatga tushishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG