Breaking News

Turkiya mudofaa sanoatida mustaqillikka intilmoqda


Turkiya radarda ko’rinmaydigan qiruvchi samolyot ishlab chiqaruvchi oz sonli mamlakatlar qatoriga qo’shildi. Anqara Rossiyadan S-400 havo mudofaasi tizimini sotib olganidan so’ng AQSh unga F-35 samolyotlarini sotishni taqiqlab qo’ygach, Turkiya “Kaan” deb nomlanuvchi 5-avlod samolyotini yaratishga kirishdi.

Xalqaro hayot - 15-mart, 2024-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:41 0:00

“Gretsiyaning AQSh samolyotlari bilan qurollanishi Egey dengizida Turkiyaga katta tahdiddir. Yaqin Sharqda urushlarning tinmayotgani ham harbiy-havo kuchlarimizni zamonaviylashtirishni talab qildi. AQShning Turkiyaga F-35 samolyotlarini sotishga qo’ygan cheklovlari bizni shunga majburladi”, - deydi Turkiya prezidentining maslahatchisi Mesut Jashin.

Turkiya harbiy dron ishlab chiqarishda dunyoda yetakchi mamlakatlarga aylangan. Uning “Bayraktar” zarbdor dronlari Kavkazda, Suriyada, Afrikada keng qo’llandi.

Bu loyiha ham AQSh Turkiyaga “Reaper” dronlarini sotishdan bosh tortganidan so’ng amalga oshdi.

Anqara o’z mudofaa sanoatini tashqi siyosatining muhim qismi deb biladi, deydi tahlilchilar.

“Turkiya mudofaa sanoatida boshqa mamlakatlarga qancha kamroq tobe bo’lsa, tashqi siyosatni yuritishda shuncha ko’proq erkinlikka ega bo’ladi deb o’ylaydi. Bu borada Anqara imkon qadar mustaqil bo’lishga intilmoqda”, - deydi tahlilchi Suat Delgen.

“Kaan” samolyoti stels texnologiyasiga asoslangan, ya’ni radarda g’oyib bo’lish qobiliyatiga ega, tovushdan tez uchadi. Tahlilchilarga ko’ra, Turkiyaning qurol sanoati katta emas, asosiy komponentlar xorijdan xarid qilinadi.

Masalan, samolyotning dvigateli AQShda ishlangan. Anqara o’z dvigatellari ustida ishlayotganini da’vo qilmoqda.

“Kaan” samolyotlari kelajakda boshqa mamlakatlarga ham sotilishi mumkin.

“Kaan” AQShning F-35 texnologiyasini iqtisodiy yoki siyosiy sabablarga ko’ra ololmayotgan mamlakatlar uchun muqobil bozorga olib chiqiladi. Ozarbayjon, Pokiston, balki Ukraina bo’lajak xaridorlar”, - deydi tahlilchi Sine O’zkarashahin.

Turkiya dronlari o’xshash strategiya bo’yicha bozorni to’ldirdi.

Biroq stels texnologiyasiga asoslangan jangovar samolyotlarni rivojlantirish dron ishlab chiqarishdan ancha mukammal va murakkab ishdir, deydi kuzatuvchilar.

“Kaan” jangga kirishishi uchun hali ancha sinovdan o’tishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG