Breaking News

Turkiya Saudiya Arabistoni bilan iqtisodiy aloqalarni yaxshilashga umid qilmoqda


Turkiyaning Yaqin Sharqdagi siyosati Saudiya Arabistoni va Misr kabi mamlakatlar e’tiroziga uchrar ekan, turk tadbirkorlari mintaqa bozorlaridagi o’rinlarini yo’qotmoqda.

Xalqaro hayot – 11-dekabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:48 0:00

Qozonxona ishlab chiqaruvchi “Erensan” kompaniyasi rahbari Ali Erenning aytishicha, xalqaro biznesda muvaffaqiyat qozonish uchun diplomatiyani ishga solish kerak.

“Yaqin Sharqdan ketyapmiz. Saudiya Arabistoni, Misr bilan aloqalar yaxshi emas. Sharq tomon ko’chyapmiz – Indoneziya, Bangladeshda bozorlar yaxshi. U yerga kirishimiz kerak”, - deydi tadbirkor.

Saudiya Arabistonidagi ulgurji savdogarlar Turkiyaga boykot e’lon qilishi ketidan dunyodagi yirik brendlar uchun mahsulot tayyorlovchi turk to’qimachilik sanoati zarar ko’ra boshlagan. Turkiya va qirollikning mintaqadagi siyosiy raqobati o’zaro iqtisodiy aloqalarga ta’sir qilmoqda.

Mamlakatlar diplomatiyani ishga solib, o’rtadagi muammolarni hal qilishga kelisha boshladi.

“Koronavirus panemiyasi Turkiya iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazmoqda. Turkiya Saudiya Arabistoni bilan kelishmovchiliklarni hal qilib, iqtisodiyotini ko’tarishga umid qilmoqda. Qirollik turk mahsulotlariga boykot e’lon qilganiga salkam bir yil bo’ldi”, - deydi Oksford universitetida xalqaro aloqalar professori Emre Chalishkan.

O’tmishda bu ikki mamlakat yaqindan aloqa qilgan, saudiyalik sarmoyadorlar Turkiyada faol edi. Tomonlar munosabatlarni yaxshilashga umid qilmoqda.

“Turkiya va Saudiya Arabistoni vaziyatni qayta ko’rib chiqib, muloqot boshlash ehtiyojini anglamoqda. Balki shu orqali Qohira bilan ham aloqalar yaxshilanar”, - deydi Turkiyaning iste’fodagi elchisi Mithat Rende.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG