Breaking News

Erdog’an muxolifat bilan murosa va’da qildi


Erdog’an muxolifat bilan murosa va’da qildi
Erdog’an muxolifat bilan murosa va’da qildi

Turkiyada kecha o’tgan parlament saylovlarida hukmron “Adolat va Taraqqiyot” partiyasi g’alaba qilgach, Bosh vazir Rajab Toyip Erdog’an katta va’dalar bilan chiqdi. “Muxolifat bilan murosa yo’lidan boramiz”, - deydi u.

Parlamentda 550 o’rin bo’lsa, uning 326 tasiga “Adolat va Taraqqiyot” partiyasi vakillari saylangan.

“74 million fuqaro, xalq demokratiya, barqarorlik va tinchlikni tanladi”, - deydi Erdog’an.

Biroq konstitutsiyaga tuzatish kiritaman deb yurgan Erdog’an uchun bu raqam sal kamlik qiladi. Bosh qonunni tuzatish uchun parlamentning uchdan ikki qismi ovoz berishi kerak.

Erdog’an muxolifat bilan murosa va’da qildi
Erdog’an muxolifat bilan murosa va’da qildi

“Murosa orqali bunga erishamiz ham”, - deydi uchinchi bor qayta saylangan partiya rahnamosi.

Amaldagi bosh qomus 1982 yilda, harbiylar boshqaruvi davrida tuzilgan.

Asosiy oppozitsion kuch, “Jumhuriyat Xalq” partiyasi, 135 o’rin bilan ikkinchi o’rinda.

Kurdlarni yoqlovchi partiya hisobida esa 30 dan ziyod o’rin. Hukmron “Adolat va Taraqqiyot” partiyasidan olg’a surilgan bir necha vakilni mag’lub qilgan bu guruh tobora kuchga to’lib bormoqda.

Tahlilchilar nazarida raqiblar kuchaygani ma’qul. Chunki Rajab Toyip Erdog’an yil-sayin avtokrat rahbarga, qarshi fikrni eshita olmaydigan arbobga aylanib bormoqda va dunyoviy Turkiyani diniy bir davlatga aylantirmoqchi degan xavotirlar bor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG