Amerikada 1999-yildan beri yashayotgan turk taqvodor va lider Fathhulla Gulen vatanda tuzumga qarshi jinoyatlarda ayblanmoqda va sud uni qo'lga olishni buyurdi.
Gulen bir paytlar hozirgi rahbar Rajab Toyyib Erdog'anning hamkori bo'lgan.
Dunyo bo'ylab musulmonlarga madad ko'rsatishni o'z maqsadi bilan bilgan "Xizmat" tashkiloti asoschisi va turli davlatlarda bilim maskanlarini yuritib tanilgan Gulen Pensilvaniya shtatida istiqomat qiladi. Amerika ziyolilari uni hurmat bilan tilga oladi.
So'nggi yillarda Erdog'an siyosatini qoralab kelayotgan Gulen vatanidagi hukumat nazarida xoin.
Turkiya Amerikadan uni ekstraditsiya qilishni so'rab keladi. Vashington esa uni qondirish qaroridan yiroq.
Gulen O'zbekistonda ham litseylarga ega edi. Lekin hukumat ularni yopgan va bu maktablarni ekstremizm urug'ini sochayotganlikda tanqid qilgan. Qo'shni respublikalarda ham shunday munosabat kuzatiladi.