Breaking News

Turkiyaning mintaqada kuchayayotgan ta'siri Eronni bezovta qilmoqda


O’tgan oy Turkiyada Eron agentlarining ushlanishi ketidan ikki qo’shni davlat aloqalari sovuqlashdi. Xabarlarga ko’ra, agentlar eronlik dissidentni o’g’irlamoqchi bo’lgan.

Xalqaro hayot – 4-noyabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:15 0:00

Bu hodisa Eron va Turkiyaning Kavkazdagi raqobati kuchayayotgan bir paytga to’g’ri keldi.

O’tgan yili Tog’li Qorabog’dagi urush paytida Turkiya va Eron dushmani Isroil qurollari yordamida Ozarbayjon Tehron bilan do’stona aloqaga ega Armaniston ustidan muhim g’alabaga erishdi. Bu Eronning mintaqadagi ta’sirining susayishiga olib keldi.

“Isroil-Ozarbayjon aloqalari ancha yaqin hozir. Turkiya-Ozarbayjon aloqalari ham oldingidan yaxshiroq. Janubiy Kavkazda yangi geosiyosiy voqelik shakllanib, Eronning roli susaygan, Turkiyaniki esa aksincha kuchaygan. Rossiya ham hukmron. Bu omillarning barchasi Eron noroziligiga sabab bo’lmoqda”, - deydi Londondagi Chatxem uyi tahlil markazidan G’olib Dalay.

Eron qarshilik ko’rsatarkan, diplomatik harakatlarini jadallashtirmoqda. Oktabr oyida Tehron uzoq paytda ilk bor Ozarbayjon chegarasida harbiy mashg’ulot o’tkazdi.

“Eron Ozarbayjonga bosim qo’ymoqda. Eron, Armaniston va Rossiyaning Kavkaz bo’yicha diplomatik aloqalari kuchaymoqda. Eron Ozarbayjon chegarasida harbiy mashqlar o’tkazmoqda. Mintaqada taranglik mavjud va bu taranglik uzoq muddatga cho’ziladi desa bo’ladi”, - deydi Germaniyaning Marshall jamg’armasidan O’zgur Unluhisarchikli.

Boku bilan birdamlikni namoyish etish uchun Turkiya ham Ozarbayjon kuchlari bilan hamkorlikda Eron chegarasiga yaqin hududda qo’shma harbiy mashg’ulotlar uyushtirdi.

Turkiyaning Eronga qo’shni yana bir davlat – Pokiston bilan harbiy hamkorligining chuqurlashayotgani ham Tehronni bezovta qilmoqda, deydi kuzatuvchilar.

“Tehron Turkiyaning Pokiston va Ozarbayjon bilan harbiy hamkorligining kuchayayotganini xavotir bilan kuzatmoqda”, - deydi Bonn universiteti siyosatshunosi Zaur Gasimov.

Eronning sanksiyalardan toliqqan iqtisodiyoti Turkiya bilan savdo aloqalariga tobe.

Bu esa, deydi tahlilchilar, Anqaraga Eronga nisbatan qattiqroq pozitsiyani egallashga imkon bermoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG