Iroq hukumati Turkiyadan yaqinda mamlakat shimoliga kiritilgan qo'shinlarini chiqarishni talab qilmoqda, biroq rasmiy Anqara buni iroqlik kurd kuchlarini harbiy tayyorgarlikdan o'tkazayotgan askarlari himoyasi zarurati bilan izohlamoqda.
Bag'dod BMT Xavfsizlik Kengashiga shikoyat qilishini bildirdi. Bugun Rossiya kengash majlisida masalani ko'tarmoqchi.
Iroqdagi markaziy hukumat turk qo'shinlarini mamlakatga taklif etmaganini bildirmoqda.
Biroq Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'lining aytishicha, Iroq armiyasi va kurd kuchlari Mosul shahrini "Islomiy davlat" jangari guruhidan tortib olishga hozirlik ko'rar ekan, turk harbiy mutaxassislari ularni tayyorlamoqda.
Turkiya Iroqqa yuzlab qo'shin, 20 ta tank kiritgan.