Breaking News

Turkiya va Isroil Eronga qarshi birgami?


Turkiyaning qo'shni davlatlar bilan munosabatlari, umuman olganda, tarangligicha qolmoqda. Lekin Anqara Isroil bilan hamkorlikni astalik bilan kuchaytirmoqda. 2010-yildagi harbiy to'qnashuv ketidan sovuqlashgan rishtalar bugun ancha yumshagan. Muloqot shakllangan. Turkiya Isroilni hamon Falastin xalqini ezishda ayblaydi lekin u bilan o'zaro manfaatlar yo'lida ishlashga tayyor.

Turkiya-Isroil: Eron birdek dushmanmi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:32 0:00

Shay Koen, Isroilning Istanbuldagi konsuli:

“Suriya bilan chegaralarimiz tinch bo'lsin, deymiz. "Islomiy davlat"ni yo'q qilish mushtarak maqsad. Yana bir muhim maqsad - terrorchi Hizbulloh guruhi va uning homiysi Eronga zarba berish".

Turkiya rahbari Rajab Toyyip Erdo'g'an fikricha, Eron o'z razil siyosatini terrorchilar orqali targ'ib qilmoqda va butun mintaqa tinchligiga raxna solmoqda. Shia agressiyasi bu, deydi Erdo'g'an.

Xo'sh, Anqara va yahudiy davlat Eronga qarshi birgalikda chora ko'radimi?

Avvalo, tomonlar bir-biriga ishona olishi kerak. Xavfsizlik har ikki davlat uchun, tabiiyki, birlamchi masala. Hozircha, hamkorlik nimadan iborat bo'lishi mavhum.

Isroilning Turkiyadagi elchisi Eytan Nae Turkiya rahbari Erdo'g'anga ishonch yorlig'ini topshirmoqda, 2016
Isroilning Turkiyadagi elchisi Eytan Nae Turkiya rahbari Erdo'g'anga ishonch yorlig'ini topshirmoqda, 2016

Turkiya va Isroil energetika sohasida, shuningdek, turizm bobida birga ishlab kelgan. Harbiy yo'nalishda ham uzoq yillar davomida o'ziga xos hamkorlik mavjud edi. Biroq so'nggi 10 yilda to'xtadi.

Selin Nasi, turk jurnalist:

"Eron Turkiya uchun raqib, Isroil uchun dushman. Tehron Turkiyani tanqid qilishi mumkin lekin unga qarshi o't ochmaydi. Ular chegaradosh mamlakatlar".

Bu bilan jurnalist Turkiya va Isroilning Eronga nisbatan yondashuvlari turlicha ekanini tushuntirishga urinmoqda.

Iste'fodagi diplomat Unal Jeviko'z nazarida mazhabni aralashtirish Turkiya uchun yangi muammolar tug'diradi. Musulmon yurt sifatida u bundan foyda ko'rmaydi, deydi Jeviko'z.

Turkiya ahli orasida Isroilga qarshilik kuchli, ayniqsa Erdog'an uchun ovoz beradigan taqvodor musulmonlar ichida. Ular yahudiylarni va yahudiy davlatni dushman deb biladi. Isroilni ular Falastinga nisbatan beshafqat siyosatda qoralaydi. Shunday ekan, Erdog'an bu borada ehtiyotkorona siyosat yuritsa ajab emas.

Turkiya azaldan o'z raqiblari bilan hamkorlik qilib kelgan. Suriyada tinchlikka erishish yo'lida ham Eron va Rossiya bilan muzokarada.

Biroq Anqara Yaqin Sharqda yetakchilikni qo'lga olishni istaydi. Sharq va G'arb orasidagi asosiy kuch bo'lishni maqsad qilgan. Iqtisodiy va siyosiy qudratini oshirish niyatida. Shunday ekan, Isroil unga jiddiy qaraydi va dialogni kuchaytiraveradi, deydi Istanbuldagi bosh diplomat Shay Koen.

Turkiya, Rossiya, BMT va Eron diplomatlari, Ostona, 2017
Turkiya, Rossiya, BMT va Eron diplomatlari, Ostona, 2017

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG