Breaking News

Turkiyada umumiy karantin e'lon qilishga da'vatlar yangramoqda


Dunyoning ko’p mamlakatlarida koronavirus epidemiyasiga to’siq qo’yish maqsadida karantin joriy etilgan bir paytda Turkiyada hayot o’zgarmagan – Prezident Rajab Toyib Erdog’an iqtisodiyot turib qolmasligi kerak, deydi.

“Hamma bizneslarni yopish kerak. Ammo shunday bo’lsa, do’konimning ijara haqqini, ishchilarimga maoshni to’lolmay qolaman. Yechim qanday bo’lishini bilmayman. Hukumatimizning moliyaviy ahvoli og’ir bo’lgani uchun bizneslarni hali beri yopishmaydi”, - deydi Burak ismli savdogar.

Turkiyada keng qamrovli karantin e’lon qilinmagan bo’lsa-da, 20 yoshga yetmagan va 65 yoshdan yuqori bo’lgan fuqarolarga nisbatan komendant soati joriy etilgan.

Shunga qaramay, koronavirus tarqalishda, odamlar o’lishda davom etmoqda.

Istanbulda shahar ma’muriyati aholiga maskalar tarqatib, jamoat transporti qatnovini cheklagan.

Shahar meri Akram Imomo’g’li ko’chada hali ham odam ko’p deya, umumiy karantin e’lon qilishga chaqirmoqda.

"Istanbulda harakatlanish 15 foiz atrofida bo’lsa ham, bu ikki million odam demakdir. Bu Yevropadagi yirik shahar aholisi bilan teng. Bunday faollik xavfli bo’lib, qattiqroq choralar ko’rish kerak”, - deydi hokim.

Eng so’nggi ma’lumotlarga ko’ra, Turkiyada virusga chalinganlar 30 mingdan oshgan – dunyo bo’ylab 9-ko’rsatkich. Ayrimlar Istanbulda hayot to’xtasa, iqtisodiyot katta zarar ko’rishini aytadi.

“Istanbulda 4-5 million odam ishlaydi. Karantin joriy etilsa, ularning moliyaviy zararini qoplash kerak, toki odamlar qiynalib qolib, ko’chaga chiqib namoyish qilmasin”, - deydi tahlilchi Atilla Yesilada.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG