Breaking News

Turkiyada amerikalik ruhoniy ustidan sud boshlandi


Endryu Brunson
Endryu Brunson

Turkiya sudi terrorizm va josuslikda ayblanayotgan amerikalik ruhoniyni hibsxonada qoldirishga qaror qildi. 2016-yil yozida amalga oshmay qolgan davlat to’ntarishiga, Fathulla Gulen va Kurdiston ishchilar partiyasiga aloqadorlikda ayblanayotgan 50 yashar Endryu Brunson bir yarim yil hibsxonada o’tirdi, dushanba kuni uning ustidan sud boshlandi.

Uning advokati Ismoil Jemning aytishicha, tergov uzoq vaqt oldi, Brunson qamoqxonada qattiq qiynalmoqda, sog’lig’i yomonlashgan.

"Uning josus ekani haqidagi dalillar asosissiz", - deydi u.

Brunsonning ishi AQSh-Turkiya munosabatlarining yanada taranglashishiga sabab bo’ldi.

AQSh sobiq senatori, hozir esa xalqaro diniy erkinlik bo’yicha maxsus elchi Sem Braunbekning aytishicha, ruhoniy aybsiz va yaqin orada ozod etilishiga umid bor.

"AQSh Turkiya bilan aloqalarini qadrlaydi, ammo bu ish munosabatlarga putur yetkazmoqda", - deydi Braunbek.

Brunson Turkiyada 23 yildan beri yashaydi. Hibsga olinguniga qadar Izmir shahridagi cherkovda ishladi. Sudning navbatdagi majlisi 7-mayga belgilangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG