Breaking News

Turkiya kurdlarga qarshi kurash uchun Iroq shimoliga qo’shin kiritmoqchi


Turkiya Iroqda kurd isyonchilariga qarshi yangi amaliyot o’tkazishga hozirlanmoqda. Anqara Iroq shimolida Kurdiston ishchilar partiyasi hamon faol ekaniga ishora qilmoqda.

Xalqaro hayot - 26-mart, 2024-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:54 0:00

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog’an amaliyot PKK va uning qo’shni Suriyadagi sho’balaridan taralayotgan tahdidni bartaraf etishga qaratilganini aytadi.

“Iroq bilan 330 kilometrlik chegara xavfsizligini ta’minlab, Suriyada bo’lgani kabi 40 kilometrlik xavfsizlik koridorini tashkil etmoqchimiz”, - deydi Erdog’an maslahatchisi Mesut Jashin.

Iroq hukumati shu oy Kurdiston ishchilar partiyasini qo’ra ro’yxatga qo’shgani Anqara uchun bu vazifani yengillashtirishi aytilmoqda.

Erdog’an Iroqning yarim muxtor Kurdiston mintaqaviy hukumati bilan aloqalarni kuchaytirmoqda. Ushbu hamkorlik, deydi kuzatuvchilar, Turkiyaning PKK tahdidini yo’q qilish maqsadi uchun muhimdir.

“Turkiya Iroq xavfsizlik kuchlari va Kurdiston mintaqaviy hukumatining Peshmerga qismlari yordamida PKKning Iroqdagi a’zolarini qurshovga olib yo’q qilmoqchi”, - deydi Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jamg’arma eksperti Murat Aslan.

Aprel oyida Erdog’an Iroq Kurdistoni va Bag’dodga borib, ushbu mavzuda gaplashmoqchi. Ikki tomonlama savdo aloqalarining kengayayotgani Iroqga Turkiya tomon xalqaro tranzit nuqtasi bo’lishda yordam beradi, bu esa Anqaraga Bag’dod bilan hamkorlikda qo’l kelishi aytilmoqda.

“Iroqning Basra shahridan Turkiya chegarasi tomon qurilayotgan yo’l Iroq g’aznasiga milliardlab dollar foyda keltiradi. Biroq loyiha ishga tushishi uchun barqarorlik va xavfsizlik muhimdir. Anqara PKK ga qarshi kurashni mana shu loyihaning bir qismiga aylantirmoqchi”, - deydi turkiyalik yana bir tahlilchi Oydin Seljen.

PKK bosh qarorgohining Iroq-Eron chegarasidagi Qandil tog’ida joylashgani hisobga olinsa, Anqara bu masalada Tehron yordamiga ham muhtoj.

“Qandil tog’i Eron va Iroq o’rtasida joylashgan. Jangarilar mintaqada har bir amaliyotni rejalash va amalga oshirishda Eronga kirib-chiqadi. Ularga qarshi kampaniyada Eron ham ishtirok etishi kerak bo’ladi, ammo hozircha bunday bo’lishi aniq emas”, - deydi Murat Aslan.

Mintaqada Turkiya va Eron o’rtasida raqobat kuchaymoqda. Tahlilchilar shu yuzdan Tehron Anqara bilan hamkorlikka osonlikcha rozi bo’lmasligini taxmin qilmoqda. Bu esa ikki tomonlama taranglikni yanada kuchaytirishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG