Breaking News

Turkiya papani noxolislik va tarafkashlikda ayblamoqda


Rim Papasi Fransisk
Rim Papasi Fransisk

Rim papasi Fransisk o'tgan asr boshida Usmoniylar imperiyasidagi qonli voqealarni armanlarga qarshi genotsid deganidan so'ng Turkiya Vatikandan elchisini chaqirib oldi. Papaga ko'ra, 1915-yilda bir yarim million armanning qirilgani 20-asrning ilk qatliomi bo'ldi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Rim Katolik cherkovining Anqaradagi elchisiga papaning izohi yuzasidan norozilik bildirdi. Vazir Mevlut Chavusho'g'li papaning tarixiy va qonuniy haqiqatdan yiroq bayonotini qabul qila olmaymiz, deydi.

"Diniy lavozimlardan asossiz da'volarni tarqatishda, adovat urug'ini sochishda foydalanish to'g'ri emas", - deydi u.

Turkiya Bosh vaziri Ahmed Dovuto'g'li papani tarafkashlikda aybladi.

Uning aytishicha, bir tarafning azob-uqubatlariga urg'u berib, boshqa tomonnikiga e'tibor bermaslik papa va uning lavozimiga mos ish emas.

"Zulmni yashirish yoki inkor etish yarani bog'lamaslik bilan tengdir - qon oqaveradi", - degan kechagi ma'ruzasida katoliklar yetakchisi.

Turkiya yuz yil oldingi voqealarni qatliom deb hisoblamaydi. Rasmiy Anqaraga ko'ra, armanlar orasida qurbonlar soni bo'rttirib ko'rsatilgan. Ular fuqarolar urushi hamda isyon qurbonlari sifatida ko'riladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG