Turkiya Suriyaga qarshi hujumni qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirmoqda. NATOga a’zo davlatlar orasida AQShdan keyin ikkinchi yirik armiyaga ega bu mamlakat buning uchun o’z harbiy bazasini ishga solishi mumkin. Qo’shma Shtatlar bu bazadan foydalanib turadi. Biroq Turkiyaning muxolif partiyalari va jamoatchilik urushga qarshi.
Anqara Suriyada Bashar Assad tuzumini aholiga qarshi kimyoviy qurolni ishga solganlikda ayblab, uni jazolashga chaqirayotgan faol davlatlardan.
Karnegi jamg’armasining Bryusseldagi idorasida tajriba almashayotgan turkiyalik ekspert Sinan Ulgenning aytishicha, Anqara Vashingtonga qarab turibdi, bu masalada unga xayrixoh.
"Turkiya Assad hukumatini jazolash g’oyasini qo’llab-quvvatlaydi. Biroq qarashlarda ba’zi farqlar bor. Turkiya harbiy zarbaning keng qamrovli bo’lishini va Assadning hokimiyatdan olinishini istaydi", - deydi Ulgen.
Prezident Barak Obama esa Suriyaga qarshi zarba cheklangan bo’lishini va Assadni ag’darish maqsadi yo’qligini aytgan.
Yondashuvdagi farqqa qaramay, deydi Turkiyaning “Taraf” gazetasi jurnalisti Semih Idiz, Anqara AQSh yetakchiligidagi amaliyotni qo’llab-quvvatlaydi.
"Tashqi ishlar vaziri Ahmat Dovuto’g’li koalitsiya tuzilsa, unga qo’shilishini bildirgan. Biroq Turkiyaning o’zi harbiy amaliyotlarda ishtirok etadimi, yo’qmi, hozircha savol ostida. Chunki jamoatchilik va muxolifat bunga qarshi chiqmoqda. Qonunchilar hukumat parlament roziligini olishi kerak demoqda va hozircha rozilik olinmagan. Aksariyat tahlilchilar nazarida Turkiya texnik ko’mak ko’rsatadi, bazasidan foydalanishga imkon beradi, biroq bevosita hujumda ishtirok etmaydi", - deydi Idiz.
Qo’shma Shtatlar Turkiyaning Suriya chegarasiga yaqin Injirlik harbiy-havo bazasini ko’p yillardan beri ishlatib keladi.
“Milliyet” gazetasi muxbiri Qadri Gurselning aytishicha, Turkiya hujum uchun havo sarhadi va bazasidan foydalanishga ruxsat berar ekan, o’zini xavf-xatarga solmoqda. Anqara Suriyaning javob zarbasidan xavotirda.
"Kontrhujum ikki ko’rinishda bo’lishi mumkin. Biri terror xuruji. Buni may oyida Rayhonlida yuz bergan Turkiya tarixidagi eng yirik terror xuruji misolida ko’rdik. Suriya qo’shni davlatni kimyoviy qurol bilan ham urishi mumkin", - deydi Gursel.
Turkiya hukumati Rayhonlidagi portlashda Damashqni ayblagan. O’shanda 50 dan ziyod odam o’lgan edi. O’tgan oy Suriyadan Turkiyaga yirik miqdorda portlovchi modda olib o’tayotgan ikki suriyalikning qo’lga olinishidan so’ng yangi xurujlar ehtimoli yanada kuchaydi.
Jurnalist Idizning aytishicha, AQShning Suriyaga qarshi hujumi turk xalqi tomonidan keskin qoralanishi mumkin.
"Turklar G’arbning musulmon davlatlardagi aralashuviga hamisha qarshi bo’lgan. Turkiyada namoyishlarning bo’lishi aniq. Politsiya yana bir bor ularni bostirishga urinadi. Muxolif kanallar va gazetalar hozirdan odamlarni shunga tayyorlamoqda", - deydi Semih Idiz.
Ayrim kuzatuvchilar nazarida bosh vazir Rajab Toyib Erdog’anning suriyalik isyonchilarni qo’llab-quvvatlashi uning tarafdorlariga ham yoqmayapti. Tahlilchilar AQSh Suriyaga qarshi harbiy amaliyotni boshlasa, Turkiyaning ittifoqchisiga yordami unga qimmatga tushishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.