Breaking News

Turkiyaning Suriyada maqsad va rejalari qanday?


Suriyaning al-Bab shahrida “Islomiy davlat” jangari to’dasiga qarshi jang qilayotgan Turkiya shaharni Suriya hukumatiga topshirmoqchi emas. Anqaraning Suriyadagi maqsadlari qanday?

Turkiyaning Suriyada maqsad va rejalari qanday?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:51 0:00

Turkiya tomonidan tayyorlangan yuzlab suriyalik politsiyachilar Anqara jangarilardan tortib olgan shaharlarda tartibni saqlash bilan shug’ullanadi. Turk qo’shinlari mamlakatga avgust oyida kirgan.

Sobiq turk diplomati Oydin Seljenning aytishicha, “Furot qalqoni” deb nomlangan amaliyot nihoyasiga yetsa ham turk qo’shinlari Suriyadan hali-beri chiqmaydi.

"Turkiya armiyasi 1990-yillar boshida Iroq shimolida ham anchaga qolib ketgan edi. Shimoliy Kiprda esa 1970-yillardan beri haligacha qo’shinlari bor. Suriyadan qachon chiqishi ham noma’lum. Turkiya armiyasining qozonilgan joydan chiqib ketish odati yo’q”, - deydi Seljen.

Avgust oyidan beri Turkiya Suriyada 40 dan ziyod askarini yo’qotdi. Aksariyati al-Bab uchun janglarda halok bo’lgan.

Turkiya bosh vaziri o’rinbosari No’mon Kurtulmushning aytishicha, ozod etilgan shahar Suriya hukumati emas, xalqiga topshiriladi. Al-Bab ishg’ol etilsa, jihodchilar e’lon qilgan xalifalik poytaxti Raqqaga yo’l ochiladi.

Sobiq diplomat Seljenning aytishicha, Turkiyaning bu rejasi Moskvaga yoqmasligi mumkin.

"Rossiya bilan ittifoqdosh bo’la turib, uning istagiga qarshi ish qilib bo’lmaydi”, - deydi u.

Istanbuldagi Qodir Xas universitetida siyosatshunos Soli O’zelning aytishicha, Rossiya harbiy samolyotlari ham al-Babda jangarilarga qarshi amaliyotda qatnashib, olg’a yurayotgan Suriya armiyasi yo’lini ochmoqda. O’zel Suriya va Turkiya qo’shinlari to’qnashishidan xavotirda.

"Agar Suriya askarlari al-Bab tomon janubdan, Turkiya armiyasi esa shimol va sharqdan yursa, shaharga kirishda ikkisi to’qnashib ketishi mumkin. Nima bo’lganda ham al-Bab Suriyaning hududi”, - deydi ekspert.

Mutaxassislarga ko’ra, Anqara al-Babni olish bilan suriyalik kurdlar kuchayishining oldini olmoqchi, chunki kurdlar ham shaharga da’vo qiladi. Al-Bab kurdlar qo’liga o’tsa, kurdlar yashovchi Afrin shahriga yo’l ochiladi.

Anqara suriyalik kurdlarning Turkiya bilan chegarada o’z muxtoriyatini barpo etishidan, Turkiya terrorchi deb bilgan Kurdiston ishchilar partiyasi bilan birlashib, bo’lajak Kurdistonni turk hududlari hisobiga kengaytirishga harakat qilishidan xavotirda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG