Breaking News

Turkiyada turizm gurkiramoqda


Turkiya milliy valyutasi liraning keskin qadrsizlanishi turizm sanoatining gurkirashiga olib keldi. Madaniyat va turizm vazirligi bergan raqamlarga ko’ra, joriy yilning birinchi yetti oyida mamlakatga 21 milliondan ziyod sayyoh kelib-ketdi.

Turkiyada turizm gurkiramoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:31 0:00

Turkiyada dam olayotgan sayyohlar soni o’sib bormoqda. Bu yilgi ko’rsatkich o’tgan yilga qaraganda 12 foizga yuqori.

“Tranzit juda ham oson. Vizani aeroportning o’zida tez olasiz. Turklar juda ham do’stona xalq”, - deydi bangladeshlik Avem Choudxari.

Turkiya Turistik agentliklar uyushmasiga ko’ra, millionlab xorijiy sayyohlar Turkiyada dam olishni afzal ko’radi.

“G’arblik turistlar yana Turkiyaga qatnamoqda. Ularning soni oshgan. Yanvardan iyul oyiga qadar 21,6 million sayyoh mamlakatimizga tashrif buyurdi”, - deydi uyushma rahbari Firuz Bog’liqoya.

Uning aytishicha, turizm sohasida Turkiya boshqa mamlakatlar bilan bemalol raqobatlasha oladi.

“Bizda hamma narsa bor - plyajlar, dengiz, tabiat, tarix, madaniyat”, - deydi u.

Liraning qadrsizlanishi mahalliy aholiga og’ir kelayotgan bir paytda xorijiy sayyohlar valyutani ayirboshlashda foyda ko’rmoqda.

“Amerikaliklar, kanadaliklar uchun narxlar tushib ketdi, ammo turklar uchun hamma narsa qimmatladi. Dollar kursi ko’tarilishda davom etmoqda va bu biz uchun yaxshi”, - deydi kanadalik Stefani Kross.

“Sayohat men o’ylagandan arzonga tushmoqda. Turkiya iqtisodiyoti tiklanib, xalqqa yaxshi bo’ladi degan umiddaman, ammo hozir sayyohlar maza qilyapti”, - deydi uning hamrohi Garri Eyden.

Turizm sohasi vakillariga ko’ra, sanoat siyosiy beqarorlikka qaramay gurkiramoqda.

“Sayyohlarning ko’paygani faqat liraning arzonlashganidan emas. Chet elliklar barcha shart-sharoitlari bor go’zal mamlakatda dam olishni istaydi. So’nggi bir-ikki yildan beri kuzatilayotgan siyosiy tortishuvlar sabab Turkiya yevropaliklardan olislashgan edi, ammo endi ular bundan yaxshiroq joy yo’qligini anglashdi”, - deydi Firuz Bog’liqoya.

Mutaxassislarga ko’ra, 2019-yil Turkiyada turizm uchun yanada muvaffaqiyatli davr bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG