Breaking News

Turkiy kengash huquq bobida qachon shijoat ko’rsatadi?


Turkiy xalqlar epidemiologik monitoringga kelishib oldi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:53 0:00

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi koronavirusga oid vaziyatni hamkorlikda monitoring qilishga kelishib oldi, deb xabar bermoqda O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.

Erki toptalgan, haq-huquqlari cheklangan dunyo xalqlari orasida turkiy elatlar ham ko’pligi inobatga olinsa, koronavirusni hamkorlikda monitoring qilish qarori kengash turkiy xalqlarning huquqi, erki ta’minlanishi yuzasidan ham monitoring o’tkazish imkoniyatiga egaligiga ishora beradi.

Turk dunyosidagi ikki xalq - uyg’urlar va qrim-tatarlar vatani tasarruf ostida. Biri Xitoy, ikkinchisi yaqindan buyon Rossiya tomonidan ishg’ol qilindi. Turkiy kengash a’zolari har ikki qudrat bilan qalin aloqalar o’rnatgan.

Bu aloqalar turkiy xalqlar erkinligi, haq-huquqlari himoyasi uchun biror naf bermadi. Kengash hozirgacha bu borada biror bayonot bilan chiqqani kuzatilgani yo’q.

Aksincha, siyosiy reallik hozirgacha uyg’urlar haq-huquqlari, Ukraina, qrim-tatarlar mustaqilligini qo’llayotgan davlatlar ichida Turkiy tilli davlatlar kengashi a’zolari yo’qligini ko’rsatmoqda. Albatta, bu boradagi siyosati tobora yemirilib borayotgan Turkiyaning pozitsiyasi istisno qilinganda.

Ayniqsa, Sharqiy Turkiston bilan qo’shni, minglab uyg’urlarning tarixiy vatani bo’lgan O’zbekiston doxil mintaqaning boshqa davlatlari xalqaro hamjamiyatda, xususan BMT miqyosida, AQSh Kongressida Xitoyning uyg’urlarga bosimi ochiq qoralanayotgan, muhokama qilinayotganiga befarq qarab turishgani, hatto rasmiy Pekin pozitsiyasini qo’llab-quvvatlashgani ancha taassufli ko’rinadi.

Koronavirusga doir vaziyatni hamkorlikda monitoring qilishga kelishgan Turkiy kengash turkiy xalqlarning vakolatli organi sifatida Xitoydagi uyg’urlar, qozoqlar va boshqa turkiy xalqlar, musulmonlar bilan bog’liq vaziyatni monitoring qilish qaroriga kelishi uchun siyosiy iroda kerakligi ta’kidlanmoqda.

“Amerika Ovozi” bilan suhbatlashgan uyg’ur faollari hukumatlarning uyg’urlar himoyasiga chiqish qarori mintaqadagi qardosh xalqlar tomonidan qo’llab-quvvatlanishiga shubha qilishmaydi.

Ozarbayjon, Turkiya, Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekistondan iborat Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi xalqlar o’rtasida o’zaro iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarni rivojlantirishni maqsad qiladi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG