Breaking News

Turkman faollari Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti sammitiga kiritilmadi


Hozirda Yevropad Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga Qozog’iston raislik qilmoqda
Hozirda Yevropad Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga Qozog’iston raislik qilmoqda

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Polshada sammit o’tkazib, inson huquqlariga diqqat qaratar ekan, turkmanistonlik ikki faol Nurmuhammad Xanamov va Annadurdi Xadjiyev anmumanga yo’latilmagan.

Turkmaniston hukumati bunga to’sqinlik qilgani aytilmoqda. Qo’shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi faollar nima sababdan ro’yxatga olinmadi, deya tashkilotni savolga tutmoqda.

Hozirda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga Qozog’iston raislik qilmoqda.

Varshavadagi sammit qatnashchisi, AQSh rasmiysi Maykl Gestning aytishicha, inson huquqlariga doir xalqaro anjumanga fuqaro jamiyati vakilini kiritmaslik mantiqsiz va asossiz. Bu qaror tashkilot sha’niga dog’ tushirishi mumkin, deydi Gest.

Turkmaniston Respublikachilar Partiyasi raisi Nurmuhammad Xanamov Venada istiqomat qilsa, Turkmaniston Banki sobiq raisi muovini Xadjiyev Bolgariyadan siyosiy boshpana olgan.

Turkmaniston tomonining izohicha, Xanamov o’z vaqtida ro’yxatdan o’tmagan va kutilmaganda paydo bo’lib, anjumanga kiriting, deb turib olgan.

Xadjiyev masalasiga kelsak, deydi Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti rasmiylari, u jinoiy faoliyatda aybdor topilgan va shu bois sammitga qo’yilmagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG