Breaking News

Turkmaniston Yevropa tomon yangi quvur yotqizadi


Turkmaniston anchadan beri Yevropa bozoriga mustaqil ravishda chiqishni orzu qilib keladi
Turkmaniston anchadan beri Yevropa bozoriga mustaqil ravishda chiqishni orzu qilib keladi

Turkmaniston Yevropa yonilg'i bozorini Rossiyaga tayanmagan holda zabt etish niyatida ekanini ayon qildi.

Bugun prezident Qurbonguli Berdimuhamedov Shatliq konida "Sharq-G'arb" quvuri loyihasini ochiq deb e'lon qilgan.

Bir ming kilometrlik yo'nalish yiliga 30 milliard kubometr gaz yetkazishi rejalagan.

2015 yilda ishga tushishi kutilayotgan bu ta'minot tizimi uchun 2 milliard dollar sarflanadi.

Shu paytgacha turkman gazi jahon bozoriga asosan Rossiya vositachiligida olib chiqiladi va sotiladi.

Bir yil oldin quvurda portlash yuz berganida Turkmaniston Moskvani ayblagan va ta'minotni bir oz vaqtga to'xtatib ham qo'ygan edi. Shundan beri aloqalar tarang.

Gazprom bu yili Turkmanistondan 10 milliard kubometr gaz sotib olishga qaror qilgan. Bu o'tgan yilgiga qaraganda 80 foiz kam.

G'arb rasmiylari, xususan AQSh va Yevropa diplomatlari yangi quvur rejasini quvvatlamoqda.

Kreml esa Turkmanistonni Kaspiy dengizidan Rossiya tomon mo'ljallangan yangi yo'nalishga qo'shilishga va shu tariqa Gazpromning yirik ta'minot sistemasidan doimiy joy olishga undamoqda.

Prezident Berdimuhamedov bugungi nutqida yangi quvur nafaqat iqtisodiy va siyosiy jihatdan ham muhim burilish bo'ladi deya qayd etdi.

"Sharq-G'arb quvuri", - deydi u, "o'z mablag'imiz bilan barpo etiladi. U bizning iqtisodiy ravnaqimizni ko'zlabgina qolmay, siyosiy manfaatlarimiz uchun ham xizmat qiladi".

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG