Breaking News

Siyosatdan qat'i nazar, Markaziy Osiyo ahli uyg'urlar dardiga befarq emas


Xitoyning Shinjon muxtoriyati Sharqiy Turkistondir, deydi uyg'urlar
Xitoyning Shinjon muxtoriyati Sharqiy Turkistondir, deydi uyg'urlar

Toshkentda Xitoy kinosi kunlarida uyg'ur rejissyori ishlagan film "Samimiy sevgi" katta qiziqish bilan kutib olingan. Bag'rikenglik, mehr-muruvvat haqida hikoya qiluvchi kartina uyg'urlar diyoridagi nizo va muammolarni chetlab o'tadi.

Uyg'urlar haqida kino ularning dardini aks ettirmaydi - Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:26 0:00

Rejissyor Sherzod Yoqub va bosh rol ijrochisi aktrisa Qunduz Zaytay O’zbekistonga taklif qilinishi ham kutilmaganda yoqimli taassurot qoldirgan.

Film uyg’urlar taqdiri haqida deyarli bilmaydigan o’zbek jamoatchiligi uchun katta ahamiyatga ega, deydi ayrim ziyolilar.

“O’zbekiston tarixan uyg’urlarni mustaqillik harakatida ham, Sharqiy Turkiston Respublikasi tashkil etilishida ham, keyinchalik muxtor respublikani butunlay Xitoy tasarrufiga topshirilishida ham muhim o’rinni band etgan davlatlardan biri. Uyg’ulraning bugungi taqdiriga befarq bo’lishga bizning haqqimiz yo’q”, - deydi ism-sharifi bildirilmasligini so’ragan suhbatdosh.

Xitoy bilan tobora rivojlanib borayotgan siyosiy aloqalarda esa bu tarixiy haqiqatlar allaqachon unutilgan. Xitoy O’zbekistonning yaqin hamkori.

Toshkent Pekinni terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurashda mutlaqo qo’llab quvvatlaydi. Xitoy hukumati esa bu urushda uyg’urlarni nishonga olib, bu elat vakillarini tuzumga qarshi jinoyatlarga bog’laydi.

Xitoy qudrati, iqtisodiy aloqalar, xalqaro tashkilotlar darajasidagi kelishuvlar bugun nafaqat O’zbekistonni balki butun Markaziy Osiyoni ham mintaqani tub aholisi sanalgan uyg’urlar uchun xavotirli hududga aylantirgan.

Mintaqada hozir ham minglab uyg’urlar yashaydi, ammo milliy harakatlar, uyg’urlar haq-huquqi uchun kurashuvchi faollar asosan inson huquqlari kafolatini beruvchi G’arb davlatlaridan panoh topishgan.

Bosh qarorgohi Myunxenda joylashgan Jahon Uyg’urlar Qurultoyini diniy ishlar bo’limi boshlig’I Turg’unjon Oloviddin deydiki, mintaqadagi rasmiy pozitsiya qardosh aholi qarashlariga zid.

“Afsuski, mintaqa davlatlari Xitoyga yaxshi ko’rinishuchun u yerdagi uyg’ur faollarini tutib berishayotgani haqida ma’lumotlar ham bor. Ammo biz aniq bilamiz - o’zbeklar, qozoqlar, qirg’izlar, turkmanlar biz bilan, qardoshlarimiz, bizni qo’llab-quvvatlashlariga, yordam berishlariga ishonamiz, buni kuzatib ham keyapmiz. Hukumatlar esa o’z diplomatik maqsadlaridan kelib chiqib, Xitoyga nisbatan norozilik bildirish emas, balki uni quvvatlashga borishmoqda”, - deydi Turg’unjon Oloviddin.

Xitoy hukumati, yuqorida aytganimizdek, uyg’urlarni bo’lginchilikda, terorrizmda, ekstremizmda ayblab keladi. Uyg’urlar esa xitoylashtirish tahdidi ostida yashayotgani, milliy va diniy kamsitishlarga ortiq chidash mumkin emasligi haqida gapiradi.

“Bugungi vaziyat o’ta qlatis. Diniy ibodatlar, ro’za tutish taqiqlab qo’yilgan, faoliyat cheklangan, bosim ostida ushlab turibdi, yomon bir vaziyatni shakllantirgan. Xitoyning o’zini qonunchiligida ham diniy erkinliklar kafolatlangan. Shundan kelib chiqib o’z erkinligini himoya qilib, norozilik bildirayotgan yoshlarimiz esa terrorchilarga chiqarilib, otib tashlanmoqda. So’nggi paytda bir nechta yoshlarimiz o’ldirildi. Bu hukumat tobora vahshiylashib borayotganini ko’rsatadi”, - deydi Turg’unjon Oloviddin.

Yaqinda Bangkokda yuz bergan portlashlarda uyg’urlar ayblanib, hibsga olingan. Jahon Uyg’urlar Qurultoyi bu borada hozircha biror bayonot bildirmagan. Matbuotdagi xabarlarga ko’ra, portlashlar Xitoydagi tazyiqlardan qochib Tayvanga borgan uyg’urlarni hibs etilishi, keyinchalik ularni o’lim jazosi kutilayotgan Xitoyga qaytarib berilishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin.

Xitoyda milliy haq-huquqlar tiklanishi uchun kurashgan yuzlab uyg’urlar uzoq yillik qamoq jazosiga hukm qilingan, Shinjon-uyg’ur avtomoniyasida kuzatilgan to’qnashuvlarda ayblangan o’nlab uyg’urlar esa qatl qilindi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG